O'zbekistondan xabarlar 40-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo`lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienkoni qabul qildi.

1280860
O'zbekistondan xabarlar  40-qism

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo`lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienkoni qabul qildi.

Davlat rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Valentina Matvienkoni Rossiya Federatsiyasi parlamentining yuqori palatasi raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi hamda ushbu mas`uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi do`stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Valentina Matvienko, o`z navbatida, samimiy qabul uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Rossiya parlamenti delegatsiyasining ushbu tashrifi mamlakatlarimiz ko`p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qat`iy intilayotganining navbatdagi tasdig`i ekani ta`kidlandi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surishda, ta`lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishda ikki mamlakat parlamentlarining faol ishtirokiga oid dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Federatsiya Kengashi raisi ko`p qirrali O`zbekiston-Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat`iy ekanini tasdiqladi.

Valentina Matvienko joriy yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylovlar muvaffaqiyatli o`tishini tiladi.

         

Tirilish Ertug'rul serialining prodyuseri Mehmet Bo'zdog' kelasi oyda Jaloliddin Xorazmshoh serialini suratga olishni boshlaydi.

Tirilish Ertugrul seriyasining prodyuseri Mehmet Bozdog', kelgusi oy Jaloliddin Xorazmshohning hayoti va g'alabalariga bag'ishlangan serialni suratga olinishini e’lon qildi.

Tirilish Ertug'rul seriyalining ssenaristi va prodyuser Bozdog', O'zbekiston Madaniyat vazirligining taklifiga binoan Toshkentga keldi.

Bo'zdog', Xorazmshohlar davlatining oxirgi hukmdori Jaloliddin Xorazmshohning hayotga bag'ishlangan konferentsiyada istirok etdi.

Anjumanda Xorazmshoxning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan prezentatsiyalar namoyish etildi.

Turkiya, Ozarbayjon, Eron va O'zbekistondan ko’plab olimlar va mutaxassislar ishtirok etgan konferensiyada Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Surayyo Er ham qatnashdi.

Konferentsiyada so'zga chiqqan Bo'zdog ', universitetda o'qib yurgan kezlarida, turk tsivilizatsiyasining asosiy manbai bo'lgan ushbu geografiyada yashagan hukmdor va olimlar xaqida ko’plab tadqiqotlar qilganligini aytar ekan, eng katta orzusining turk dunyosi haqida boqiy asarlar yaratish ekanligini ma’lum qildi.

O’zbek rasmiylarining taklifiga binoan Xorazmshoh seriali xususida bir yil davomida bir qator ish olib borganligini ta’kidlagan Bo'zdog', iyul oyida serialni yaratish bo'yicha o'zbek tomoni bilan shartnoma imzolaganliklarini, kelasi oyda esa aktyorlar tanlovini e’lon qilishlarini aydi.

O'zbekiston Madaniyat vazirining Birinchi O'rinbosari Ozodbek Nazarbekov, Turkiya so’nggi yillarda serial yaratish masalasida qator ishlarni amalga oshirganligini aytar ekan, Turkiyaning seriallar ishlab chiqarish masalasida dunyoda yetakchi davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

Nazarbekov, shu sababli, o'zbek xalqining buyuk hukmdori Xorazmshoh serialini yaratish masalasida Turkiyalik prodyuser Mehmet Bo'zdog' bilan shartnoma imzolaganliklarini aytdi.

Nazarbekov, jumladan shunday dedi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'tgan xaftada mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Diego Garsiya-Sayanni qabul qildi.

Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tuzilmalari bilan konstruktiv munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari yuzasidan batafsil fikr almashildi, O`zbekistonning sud-huquq sohasidagi qonunchiligini yanada takomillashtirish jihatlari va qo`shma tadbirlar o`tkazish masalalari muhokama qilindi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti Inson huquqlari kengashining maxsus ma`ruzachisi Diego Garsiya-Sayan, samimiy qabul hamda tashrifi tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Diego Garsiya-Sayan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan davlat va xalq o`rtasida bevosita muloqot orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, qonuniylik va huquq ustuvorligini mustahkamlash, odil sudlovni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Diego Garsiya-Sayan O`zbekiston bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga va demokratik yangilanishlarni amalga oshirishda amaliy ko`maklashishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Diego Garsiya-Sayan mamlakatga tashrifi doirasida bir qator uchrashuvlar o'tkazdi.

         

 



Aloqador xabarlar