O'zbekistondan xabarlar 41-qism

Toshkent shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi birinchi turk biznesi va investitsiyalari forumi bo'lib o'tdi.

1285440
O'zbekistondan xabarlar 41-qism

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlat rahbari Tojikistonlik mehmonlarni qutlar ekan, oliy darajadagi o`zaro ishonchga asoslangan muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko`rilmagan yuksak darajaga ko`tarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shukurjon Zuhurov, o`z navbatida, Prezident Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda o`zaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo`mitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yo`lga qo`yish muhimligi ta`kidlandi.

Uchrashuv so`ngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo`lida do`stlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama ko`maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli o`tishini tiladi.

Shukurjon Zuhurov, shuningdek O’zbekiston Parlamenti Qonunchilik Palatasi hamda Senatida ham uchrashuvlar o’tkazdi.

         

O`zbekiston va Turkmaniston davlat chegarasi bo`yicha muzokaralar o`tkazdi.

Shu yilning 30 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Nukus shahrida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo`yicha qo`shma O`zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida tomonlar demarkatsiyaning me`yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo`yicha Qo`shma O`zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, o`zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari - O`zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari To`lqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mamedov tegishli Bayonnoma imzoladilar.

Uchrashuv an`anaviy iliq va do`stona muhitda o`tdi.

 

Toshkentda Turk biznes va investitsiya forumi bo'lib o'tdi.

Toshkent shaxrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi birinchi turk biznesi va investitsiyalari forumi bo'lib o'tdi.

Bu yıl birinchi marta tashkil etilgan forumga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Vengriyadan 600 dan ortiq ishbilarmon va rasmiylar ishtirok etdi.

Turkiya palatalar va birjalar Ittifoqi va Turk Savdo-sanoat palatasi Prezidenti Rifat Hisarjıklıo’ğlu, forumning ochilishida so'zga chiqib, 15 oktyabr kuni Bokuda bo'lib o'tadigan Turk tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida, O'zbekistonning tashkilotga a’zo bo’lishidan mamnunligini bildirdi.

Hisarjiklio'g'lu, "Biz 6 davlatga ega bo'lgan yagona millatmiz. 1,1 trilyon dollarlik iqtisodisodiyot, 560 milliard dollarlik tashqi savdo hajmi va 160 million aholisi bilan. Shunday ekan, biz birgalikda global kuchga aylanamiz." dedi.

Hisarjiklio'g'lu, bu davlatlar o'rtasidagi umumiy tijorat hajmi 9 milliard dollarni tashkil etganligini va bu mavjud potentsialdan ancha past ekanligini va bu raqamlarning ortishi o'zlarining qo'lida ekanligiga ishonishini ta'kidladi.

Savdo tinchlik va farovonlikning eng katta manbai ekanligini ifoda etgan Hisarjiklio'g'lu, vizalar va tranzit hujjatlari kabi savdoni qiyinlashtiradigan har qanday to'siqlarni aniqlab va olib tashlanishi kerakligini bildirdi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov, mamlakatda tarkibiy va iqtisodiy sohalarda keng qamrovli islohotlar olib borilayotganini va mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha muhim ishlar amalga oshirilganini esladi.

Forumda so'zga chiqqan Turkiy Kengash Bosh Kotibi Bag'dod Amreyev O'zbekistonning Turk Kengashiga a'zo bo'lishi muhimligini ta'kidladi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Adham Ikromov O'zbekiston Prezidenti Mirziyoyev o‘tgan yili Qirg‘izistonning Cholpan-Ata shahrida bo‘lib o‘tgan Turk kengashining 6-sammitida Toshkentda Turk biznes va investitsiya forumini o‘tkazishni taklif qilganini esladi.

Turkiy tilli davlatlar O'zbekistonning muhim savdo sheriklari ekanligini ta'kidlagan Ikromov bugungi kunda O'zbekistonda ushbu mamlakatlar ishbilarmonlari ishtirokida 2500 dan ortiq xorijiy kompaniya tashkil etilganini bildirdi.

Ikromov forumda jumladan shunday dedi:

Forum doirasida shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Vengriya va O'zbekiston Savdo-sanoat palatalari rahbarlarining maslahat kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Forum doirasida olti mamlakat ishbilarmonlari o'rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazildi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'tgan yili Qirg‘izistonning Cho'lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Turk kengashining 6-sammiti chog‘ida Turk biznes va investitsiya forumini Toshkentda o‘tkazishni taklif qilgan edi.

         

 



Aloqador xabarlar