O'zbekistondan xabarlar 44-qism

O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi arafasida 2020 yilda harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.

1297697
O'zbekistondan xabarlar  44-qism

 

O`zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.

O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi arafasida 2020 yilda harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.

29 oktyabr kuni O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazdi.

Bu xaqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga mo`ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o`rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

30 oktyabr kuni Bokuda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Ozarbayjon, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo`lga qo`yiladi.

Turkiyaning "Atlasglobal Airlines" aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslarni yo`lga qo`yadi.

O`zbekiston prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish to`g`risidagi farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda "Uzbekistan Airports" Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish bo`yicha olib borilgan ishlar natijasida Turkiyaning "Atlasglobal Airlines" aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi.

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Atlasglobal" O`zbekistonning "Grand Atlas Discovery" kompaniyasi ko`magida 31 oktyabr va 4 noyabrda Istanbul-Buxoro va Samarqand-Istanbul yo`nalishidagi birinchi charter reysini amalga oshiradi.

Turkiya aviakompaniyasi jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek din arboblari va olimlarni jalb qilgan holda ikki charter reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.

"IATA summer 2020" yoz mavsumidan boshlab esa "Atlasglobal Airlines" aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 aviareysni amalga oshirish rejalashtirilgan, buning natijasida esa O`zbekistonga 10 mingdan ziyod sayyohning tashrifi kutilmoqda.

 

Taniqli bastakor va pianinochi Tuluyxon Ug’urlu O'zbekiston poytaxti Toshkentda kontsert berdi.

Dunyoga mashhur turk pianinochi  kontserti o'zbekistonlik san'at ixlosmandlari tomonidan yuqori baholandi.

Ug'urlu Toshkentdagi O'zbekiston davlat konservatoriyasida tashkil etilgan kontsertda sahnaga chiqib, o'zbekistonlik san'at ixlosmandlari bilan uchrashdi.

Turkiyaning O’zbekistondagi Favquloda va Muxtor Elchisi Mehmet Surayyo Er, konsert ochilishida so'zga chiqib, Ug'urluning Turkiyaning eng iste'dodli pianinochilaridan biri bo'lishi bilan bir qatorda ko'plab go'zal asarlar yaratgan buyuk bastakor xam ekanligini ta’kidladi.

Er, Ug’urluning yaratgan asarlari orqali Turkiyaning go'zalliklarini dunyodaga tanitishishga katta hissa qo'shganligini bildirdi.

Er, Tuluyhan Ugurlu'nun Turkiya Respublikasining 100 yilligi arafasida tayyorlagan "Quyoshli yurt Anatoliya" kompozitsiyasini ushbu kontsertda ijro etishining alohida ma'noga ega ekanligini ta'kidlab, "Ushbu kontsertning ota-bobolarimiz vatani - O'zbekistonda o’tkazilayotgani biz uchun ham, Tuluyxon Ug’urlu uchun xam juda muhimdir" deya ta’kidladi. Er jumladan shunday dedi:

Tuluyxan Ug’urlu o'zbek san'ati ixlosmandlari bilan uchrashishdan mamnunligini bildirdi.

Tuluyhan Ug'urlu, konsert davomida "Anadoludan taralgan nur", "Anadolu madaniyatining tamal toshlari", "Anadolu Turklar bilan uchrashdi: Saljuqiylar", "Usmoniylar: adolat, şavqat va qudrat", "Mustafo Kamol Otaturk va Turkiya Respublikasi" nomli asarlarini ijro etdi.

Tuluyxon Ug'urlining kontserti o'zbekistonlik san'at ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, o'zbek musiqa ixlosmandlari esa turk san'atkorini olqishlar bilan kutib olishdi.

Konsert so'nggida o'zbekistonlik san'at ixlosmandlari Tuluyxon

Ug'urliga gullar taqdim etishdi.

Konsertni o'zbekistonlik musiqachilar va san'at ixlosmandlari, shuningdek, Toshkentdagi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari va O'zbekistonda istiqomat qiluvchi turk fuqarolari tomosha qilishdi.

     



Aloqador xabarlar