O'zbekistondan xabarlar 50-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 136 mahkumni afv etdi.Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan 136 mahkumni afv etish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

1104147
O'zbekistondan xabarlar 50-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 136 mahkumni afv etdi.

Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan 136 mahkumni afv etish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan qabul qilingan farmon va Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga muvofiq, 136 nafar fuqaro afv etildi.

Ularning 30 nafari jazoni o`tashdan to`liq, 26 nafari - muddatidan oldin shartli ravishda jazoni o`tashdan ozod qilindi. 42 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazo chorasi yengillashtirildi, 38 kishining jazo muddati qisqartiriladi.

Afv qilinganlar orasida 6 nafar 60 yoshdan oshganlar, 2 nafar chet el fuqarosi, 3 ayol va 61 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar mavjud.

Prezident juma kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag`ishlangan tadbirda jazoni ijro etish joylaridan jazoni o`tayotgan shaxslar huquqlarini qayta ko`rib chiqish zarurligini ta`kidlab o`tdi.

Jumladan, Shavkat Mirziyoyev, mahkum shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun ko`mak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib ta`lim olish tizimini joriy etish lozimligini bildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida qatnashdi.

Bu xaqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Suratga tushish marosimidan so`ng Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Hamdo`stlik davlatlarining savdo - iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish, o`zaro savdo hajmini oshirish, transport - kommunikatsiya salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, xavfsizlikni mustahkamlash, zamonaviy xatar va tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalariga e`tibor qaratildi.

Gumanitar, ta`lim va turizm sohalarida almashuvlarni izchil davom ettirish zarurligi ta`kidlandi.

Yig'ilishda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi norasmiy sammiti doirasida shuningdek bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama suhbatlar o`tkazdi. Ularda 2018 yilda samarali sheriklikning asosiy yakunlari va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi   

O`zbekiston va Tojikiston axborot sohasida hamkorlik qiladi.

Dushanbeda O`zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O'tgan xaftada Dushanbe shaxrida O`zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari tashqi siyosiy faoliyatni yoritib borish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish bo`yicha O`zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo`lib o`tdi.

Maslahatlashuvlar davomida ommaviy diplomatiya sohasidagi faoliyat bo`yicha tajriba almashildi, O`zbekiston va Tojikistonning har tomonlama rivojlanayotgan aloqalari nuqtayi nazaridan ikki davlat axborot tuzilmalari o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.

Yig'ilishda, keyingi maslahatlashuvlarni ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi hamkorlik dasturiga muvofiq 2019-yili Toshkent shahrida o'tkazilishiga kelishib olindi.

Ma'lumki, ikki davlat rahbarlari O`zbekiston va Tojikiston o'rtasida barcha sohalarda yaqindan hamkorlikni yo`lga qo`yish va aloqalarni kengaytirish to`g`risida kelishib olgan edilar.         

O`zbekiston va Buyuk Britaniya Afg`onistonda hamkorlikda ijtimoiy - iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

O'tgan xaftada London shaxrida O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili İsmatulla Ergashev va Buyuk Britaniya bosh vazirining Afg`oniston va Pokiston bo`yicha maxsus vakili Garet Beyli ishtirokida O`zbekiston - Britaniya maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazlirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yig'ilishda Afg`oniston va unga tutash mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi, afg`onlararo muzokaralar jarayonini boshlash yuzasidan amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlar borasida fikr almashildi.

27 martda "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuidagi Afg`oniston bo`yicha nufuzli xalqaro konferentsiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlikning muhim yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratildi.

Britaniya tomoni O`zbekistonning "Tolibon" harakati hamda barcha Afg`onistondagi siyosiy kuchlar ishtirokidagi tinchlik jarayoniga ko`maklashish bo`yicha izchil sa'y - harakatlari dunyo hamjamiyati tomonidan qo`llab - quvvatlanganini qayd etdi.

Afg`onistonda qo`shma ijtimoiy - iqtisodiy loyihalarni, jumladan infrastruktura, madaniy - gumanitar hamda ta`lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili İsmatulla Ergashev Buyuk Britaniyaga tashrif doirasida shuningdek mamlakatning yetakchi tadqiqot va tahlil markazlarida o`tkazilgan qator tadbirlarda ishtirok etdi.

         

 



Aloqador xabarlar