“Oltin libosli odam” bu gal Anqarada namoyish etilmoqda

Qozog’istonning “Oltin libosli odamning dunyo muzeylari bo’ylab yurishi” deb nomlangan loyihasi asosida "Oltin libosli odam" bugungacha Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Tatariston va O’zbekistonda ham namoyish etildi.

1282415
“Oltin libosli odam” bu gal Anqarada namoyish etilmoqda

Qozog’istonning “Oltin libosli odamning dunyo muzeylari bo’ylab yurishi” deb nomlangan loyihasi asosida Turkiya poytaxtida joylashgan Anadolu Madaniyatlari muzeyida shu yilning 12-sentabrida namoyish etila boshlagan zirh, turk madaniyatining tarixdagi terang izlarini ochiq-oydin o’rtaga qo’ygan muhim dalillar qatorida o’rin olmoqda.

Qozog’istonning Yettisuv (Jetisu) viloyatida, 1969-yildagi qurilish ishlaridan oldin balandligi 6, eni esa 60 metrni tashkil etgan qo’rg’onga duch kelinishi ortidan qazish ishlari boshlatilib u yerdan chiqarilgan va “Oltin libosli odam” degan nom olgan zirh qariyb 4 000 ta oltin bezak bilan “ovchilik” uslubida bezatilgan

Issiq qo’rg’on deb nomlangan qabrdan chiqarilgan zirhning yonidagi buyumlar esa turklarning bundan 2500 yil muqaddam yirik davlat va madaniyatga asos solganligini va hatto o’z yozuvidan foydalanganligini isbotlamoqda.

Qabr xonasidan chiqarilgan va sopi singan kumush cho'michning ustida bitilgan 2 qatorli yozuv, eng qadimgi turk tilidagi matn sifatida qabul qilinmoqda.

Turklarning diniy e’tiqodi, davlat tartibi va mifologik ko’z qarashlarini aks ettirgan va turk dunyosining mushtarak madaniy merosi hisoblangan 2500 yillik ushbu noyob asar shu yilning 12-oktabrigacha Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan Anadolu Madaniyatlari muzeyida namoyish etilmoqda.

Aytib o’tish joizki “Oltin libosli odam” ko’rgazmasi bugungacha Rossiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Tatariston va O’zbekistonda namoyish etilgandi.

 



Aloqador xabarlar