Ozarbayjon: Armaniston armiyasi chegarada tez - tez yig‘ilmoqda

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, oxirgi paytlarda Armaniston armiyasi ikki davlat chegarasining turli joylarida tez – tez yig‘ilayotgani kuzatilganiga e’tibor qaratdi.

2122580
Ozarbayjon: Armaniston armiyasi chegarada tez - tez yig‘ilmoqda

Ozarbayjon, Armaniston armiyasining chegarada tez - tez yig‘ilgani haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, oxirgi paytlarda Armaniston armiyasi ikki davlat chegarasining turli joylarida tez – tez yig‘ilayotgani kuzatilganiga e’tibor qaratdi.

Bayonotda, Armanistonda, Ozarbayjonni urush bilan tahdid qilgan qasoskor kuchlarning faollashgani va tajovuzkor gaplar bilan provokatsion xabarlar soni ortgani qayd etildi.

Unda shuningdek:

“Armaniston armiyasining har qanday harbiy provokatsiya tashabbuslariga qarshi Ozarbayjon armiyasi tomonidan qatʼiy ravishda chora ko‘riladi. Vaziyat avj olgudek bo‘lsa yoki provokatsiya uyushtirilgudek bo‘lsa unda barcha masʼuliyat toʻliq Armaniston va uni qo‘llab – quvvatlagan tomonga oit bo‘lishini yana bir bor ta’kidlaymiz”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #chegara , #Armaniston armiyasi

Aloqador xabarlar