Ozarbayjon Armaniston bilan imzolangan deklaratsiyaga amal qilinishini kutmoqda

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev poytaxt Bokuda boʻlgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

1847779
Ozarbayjon Armaniston bilan imzolangan deklaratsiyaga amal qilinishini kutmoqda

Ilhom Aliyevning qayd etishicha Ozarbayjon, 2020-yilning noyabr oyida Armaniston bilan imzolangan deklaratsiyaga amal qilinishi uchun kerakli qadamlar tashlanishini kutmoqda.

Aliyev bu haqida:

“Tinchlik kelishuvi boʻyicha taklifimiz javobsiz qoldi ammo bu taklifning qabul qilinishidan umidvormiz”.-dedi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev poytaxt Bokuda boʻlgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Qabul chogʻida bu yilning boshida Ozarbayjon bilan Rossiya oʻrtasida qoʻl qoʻyilgan va Ittifoqchilarning oʻzaro hamkorligi deb nomlangan deklaratsiyani yodga solgan Aliyev:

“Munosabatlarimizni rivojlantirishga qaratilgan ushbu muhim hujjat uzoq muddatli va samarali hamkorlikning ajoyib natijasi ekaniga ishonchim komil”.-dedi.

Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonida yurtining pozitsiyasi ochiq ekaniga e’tibor qaratgan Aliyev:

“Bu pozitsiya mintaqada uzoq muddatli tinchlik oʻrnatishni koʻzda tutmoqda. Sa’y-harakatlarimizning Armaniston tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinishidan va koʻp tomonli mojaroga nuqta qoʻyishidan aminman. Tinchlik kelishuvi ustida ishlashni boshlash haqidagi taklifimiz javobsiz qoldi, ammo bu taklifning qabul qilinishidan umidvormiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston Bosh vazirlarining oʻrinbosarlari raislik qiluvchi uch tomonli ishchi guruh faoliyatining faollashuvini ijobiy baholagan Aliyev:

 “Rossiya Federatsiyasi Kavkazda butunlay tinchlik oʻrnatish uchun faol ishlaydi degan umiddamiz”.-dedi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov, ikki davlat oʻrtasida imzolangan Ittifoqchilik deklaratsiyasi va boshqa kelishuvlarni amalda tatbiq etish uchun, ikki prezidentning koʻrsatmalariga amal qilishda qatʼiy ekanliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar