Ozarbayjon armiyasi Armanistonga oid UHVni urib tushirdi

Ozarbayjon armiyasi Armanistonga oid uchuvchisiz havo vositasini (UHV) ni urib tushirdi.

1494312
Ozarbayjon armiyasi Armanistonga oid UHVni urib tushirdi

Armaniston – Ozarbayjon chegarasida kelib chiqqan to‘qnashuvda Ozarbayjon armiyasidan bir askar shahid bo‘ldi.

Ozarbayjon Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Armaniston armiyasining chegaraning Tovuz mintaqasida o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini buzgani va uzilgan oq natijasida bir askarning shahid bo‘lgani ma’lum qilindi.

Vazirlik vakillari tomonidan shahid askarning oila - a'zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etilgani qayd etilgan bayonotda, taranglik javobgarining Armaniston yetakchiligi ekanligi ta’kidlandi.

Undan tashqari, Ozarbayjon armiyasi Armanistonga oid uchuvchisiz havo vositasini (UHV) ni urib tushirdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotda, Ozarbayjon tuproqlarida kashfiyot maqsadida uchib yurgan Armanistonga oid uchuvchisiz havo vositasi (UHV) ning urib tushirilgani qayd etildi.

Tushirilgan uchoq bo‘lakchalarining qidirilgani qayd etildi.

Bayonotda, UHVning qayerda urib tushirilgani haqida ma’lumot berilmas ekan ijtimoiy tarmoqda voqeaning Armaniston bilan chegarasi yo‘q Shemkir tumanida yuz bergani iddio etildi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon armiyasi , #Armaniston , #UHV

Aloqador xabarlar