Ozarbayjon birinchi koronavirus holatini Turkiya yordamida aniqladi

Ozarbayjon birinchi yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) holatini Turkiya yordamida aniqladi.

1384695
Ozarbayjon birinchi koronavirus holatini Turkiya yordamida aniqladi

Ozarbayjon Sog‘likni saqlash vaziri O‘ktay Shiraliyev yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) ni aniqlash uchun birinchi diagnostika vositalarini Turkiyadan olganliklarini ma’lum qildi.

O‘ktay Shiraliyev davlat telekanaliga bergan bayonotida, ko‘rilgan choralar yordamida mamlakatda koronavirusning oldi olinganini qayd etdi.

Birinchi kunlari uni aniqlash uchun dunyoning bir necha davlatida diagnostika vositalarining bo‘lmaganini eslatib o‘tgan Shiraliyev,

“Testlar Bokuga qardosh Turkiyaning yordamida olib kelindi. Birinchi bemorlarga ham ana shu testlar yordamida tashhis qo‘yildi” dedi.  

Ozarbayjonda Kovid - 19 holatiga birinchi marotaba 28 - fevral kuni mamlakatga Erondan kelgan rus fuqarosida aniqlangandi.

Bugungacha Ozarbayjonda 87 kishida koronavirus aniqlanar ekan bemorlardan bir nafari vafot etgan. Bemorlardan 10 nafari shifo topgan bo‘lib ularning 3 nafari 18 yoshdan kichik bo‘lgan. Qolgan 76 nafar bemorni davolash ishlari davom etmoqda.



Aloqador xabarlar