Ozarbayjon Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlaydi

Ganira Pashayeva Makedoniya poytaxti Skopyeda bir tadbirda ishtirok etar ekan unda, Turkiya tomonidan Suriyaning shimolida YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyotiga to’xtaldi.

1298900
Ozarbayjon Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlaydi

Ozarbayjonlik deputat Ganira Pashayeva, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

Bir tadbirda ishtirok etish uchun Shimoliy Makedoniyaga borgan Pashayeva unda g’arblik davlatlarning Turkiyaning terrorga qarshi kurashiga to’siqlik qilayotganligini qayd etdi.  

Ganira Pashayeva Makedoniya poytaxti Skopyeda bir tadbirda ishtirok etar ekan unda, Turkiya tomonidan Suriyaning shimolida YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyotiga to’xtaldi.

Pashayeva bu haqida,

“Turkiya Amerika Qo’shma Shtatlarining mintaqadagi katta o’yinini buzdi” dedi.

AQShning vakillar palatasida qabul qilingan, arman iddiolarini tan olgan va Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritishni ko’zda tutgan qaror loyihasini ham tanqid qilgan Pashayeva, “Bular Turkiyani qarorliligidan voz kechtirish maqsadida qo’l urilgan bosim o’tkazish yo’lidir. Turkiyadan o’ch olish say-harakatlaridir” deya gapirdi.

Terrorizmga qarshi kurash masalasida ikki yuzlamachilik qilgan g’arb davlatlarida Turkiyaga qarshi fikr yuritish amaliyoti olib borilayotganligini eslatib o’tgan Pashayeva, Turkiyaning Turk dunyosi uchun yetakchilik o’rnining himoya qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Pashayeva Ozarbayjonning kerak bo’lga Turkiya uchun shahid bo’lishga ham tayyor ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar