Ozarbayjonda "Qonli yanvar" deb nomlangan 20 Yanvar qirg'ini qurbonlari yodga olinmoqda.

Ozarbayjonda mustaqillik timsoliga aylangan va tarixda "Qonli yanvar" deb nomlangan 20 Yanvar qirg'ini qurbonlari  yodga olinmoqda.

1343972
Ozarbayjonda "Qonli yanvar" deb nomlangan 20 Yanvar qirg'ini qurbonlari yodga olinmoqda.

Ozarbayjonda mustaqillik timsoliga aylangan va tarixda "Qonli yanvar" deb nomlangan 20 Yanvar qirg'ini qurbonlari  yodga olinmoqda.

1990 yilda qirg'inda halok bo'lganlarni xotirlash uchun ozarbayjoliklar  Bokudagi shahidlar xotirasiga yig'ilishdi.

Shahidlik  oldida uzoq navbatlar  paydo bo'ldi, qabrlarga  qizil chinnigullar qoldirilib, shahidlar uchun duo qilindi.

Prezident Ilhom Aliyev ham davlat rasmiysi bilan birga bo'lib o'tgan marosimga ishtirok etdi.

Ozarbayjonning Davlat madhiyasi yangragan marosimda Aliyev abadiy olov yodgorligiga gulchambar qo'ydi.

Bundan tashqari, mahalliy vaqt bilan 12:00 da barcha shahidlar uchun bir daqiqa sukut saqlandi.

Bu orada kemalar, metro poyezdlari va Kaspiy dengizi sohilidagi avtobuslar signal chaldi.

1990 yil boshida armanlarning ortib borayotgan yer ehtiyojlari va Sovet hukumatiga  reakasiya ko’rsatish uchun namoyish etmoqchi bo’lgan  minglab ozarbayjonlik  Bokudagi "Azadlik" maydonida  to'planishdi va uzoq muddatli mitinglarini boshladilar.

20 yanvar kuni mitinglarni tarqatish uchun Boku shahrining turli hududlariga bostirib  kirgan 26000 kishilik Sovet armiyasi 147 tinch aholini, shu jumladan ayollar va bolalarni o'ldirdi va yuzlab odamlarni yaraladi.

Bu shahidlar yuz minglab odamlar ishtirokida  ko'z yoshlari bilan hozirgi Shahidlar xiyoboniga dafn qilindi.

Ozarbayjonliklar  30 yildir 20-  yanvar kuni  qurbonlarining timsoliga aylangan  chinni gullar  bilan shahidliklarni yodga olmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar