Qozog’iston 10 oyda 74 million 800 ming tonna neft qazib oldi

Qozog’istonda bu yilning yanvar oyidan boshlab oktabr oyigacha 74 million 800 ming tonna neft qazib olindi.

1304042
Qozog’iston 10 oyda 74 million 800 ming tonna neft qazib oldi

Qozog’istonda bu yilning yanvar oyidan boshlab oktabr oyigacha 74 million 800 ming tonna neft qazib olindi.

Qozog'iston Energetika vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra joriy yilning 10 oyida 74 million 800 ming tonna neft qazib olinar ekan uning 59 million 56 ming tonnasi eksport qilingan.

Mamlakatning uchta yirik neft koni quduqlaridan biri bo’lgan Kashaganda 11.5 million tonna, Tengizda 24.6 million tonna va Karachaganakda 9.1 million tonna neft qazib olinganligi qayd etilgan bayonotda,

“Neft kon quduqlaridagi ta'mirlash ishlari tufayli asosiy faoliyatlar to’xtatilishiga qaramay neft qazib olish ishlarida ortish kuzatildi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Bayonotda shuningdek, o’tgan yili 90.4 million tonna neft qazib olinganligi eslatib o’tilgan holda joriy yildan 90.5 million tonna neft qazib olinishi kutilayotganligi qayd etildi.

Yanvar oyidan boshlab oktabr oyigacha mamlakatda 46.3 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinganligi ifoda etilgan bayonotda bu raqamning o’tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 1.5 foiz ortiqcha ekanligi ma’lum qilindi.

Bayonotda, 10 oyda 402 megavatt quvvatga ega 14 ta qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish stansiyasi foydalanishga topshirilganligi eslatib o’tilgan holda,

“Yilning oxirigacha 104.8 megavatt quvvatga ega yana 4 ta yangi stansiya foydalanishga topshiriladi” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Qozog’istonda jami 1042 megavatt quvvatga ega 87 ta qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish stansiyasining faolligi yetkazilgan bayonotda, yanvar oyidan boshlab oktabr oyigacha qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish faoliyatining o’tgan yilning shu davriga nisbatan 65 foizga ortgan holda, 1.7 milliard kilovatt soatni tashkil etganligiga e’tibor qaratildi.  

Bayonotda uran ishlab chiqarish aylanmasining esa 18.7 ming tonna ekanligi va buning o’tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 5 foiz ortiqcha ekanligi ifoda etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog’iston , #neft , #neft koni quduqlari

Aloqador xabarlar