Qozog'istonda, “Manaviy yangilanish va an’anaviy sportning rivojlantirilishi” forumi o’tkazilmoqda

Qozog’istonning Olmota shahrida “Manaviy yangilanish va an’anaviy sportning rivojlantirilishi” deb nomlangan navbatdagi xalqaro etnosport forumi o’z ishini boshladi.

1187048
Qozog'istonda, “Manaviy yangilanish va an’anaviy sportning rivojlantirilishi” forumi o’tkazilmoqda

Qozog’istonning Olmota shahrida “Manaviy yangilanish va an’anaviy sportning rivojlantirilishi” deb nomlangan navbatdagi xalqaro etnosport forumi o’z ishini boshladi.  

Xalqaro Etnosport konfederatsiyasi tomonidan Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi va Qozog’istonning, “Samruk-Qazina” milliy farovon hayot fondi ishtirokida uyushtirilgan forumning ochilish marosimida Turkiyaning Yoshlar va sport ishlari bo’yicha vaziri Mehmet Muharrem Kasapo’g’li, Xalqaro Etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo’g’an, Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yavuz Selim Kiran, Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi Bosh kotibi Baghdad Amreyev, THY Yetakchilik kengashi va ijroiya qo’mitasi rahbari Ilker Avji va Qozog’iston Madaniyat va turizm vaziri Aristanbek Muhamediuli bilan birga ko’pchilik sport shaydolari ishtirok etdi.

Qozog’iston Madaniyat va turizm vaziri Aristanbek Muhamediuli marosimda so’zlagan nutqida, an’anaviy sportlarni va madaniy qadriyatlarni rivojlantirishning ahamiyatini ta’kidladi.

Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi Bosh kotibi Baghdad Amreyev esa an’anaviy sportlaru, urf-odatlarning xalqlar o’rtasidagi diplomatik aloqalardek muhim jihatlari borligini qayd etdi.

Mazkur forum doirasida “To’qqiz qumaloq” va “Oshiq” o’yini kabi an’anaviy sport o’yini turlaridan namunalar ko’rsatildi va “Bolani beshikka belash marosimi” bo’lib o’tdi. Forumda, Qozog’istonning milliy taomlari tortilar ekan, milliy cholg’ular ham tanitildi.

Beshta majlisdan tashkil topgan va dunyoning 30 ta davlatidan tashrif buyurgan 150 nafar hay’at ishtirok etgan forumda, dunyoda an’anaviy sport turlarining rivojlantirilishi, 2020-yili Turkiyada o’tkaziladigan to’rtinchi Xalqaro ko’chmanchi xalqlari o’yinlarini uyushtirish usullarining yaxshilantirilishi va etnosportning kun tartibidagi masalalari qo’lga olinmoqda.

Navbatdagi xalqaro etnosport forumi ertaga o’z nihoyasiga yetadi.

 

 



Aloqador xabarlar