Qozog‘istondagi toshqinlar tufayli minglab inson evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda havo isishi bilan erigan qorlar mamlakatning shimoliy, g‘arbiy va sharqiy hududlarida suv toshqinlariga yo‘l ochdi.

2122680
Qozog‘istondagi toshqinlar tufayli minglab inson evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda bahor kelishi bilan erigan qorlar, Aqto‘be va Qo‘stanay shaharlarida suv toshqinlariga yo‘l ochdi va oqibatida minglab inson vertolyot va qayiqlar orqali evakuatsiya qilindi.

Qozog‘istonda havo isishi bilan erigan qorlar mamlakatning shimoliy, g‘arbiy va sharqiy hududlarida suv toshqinlariga yo‘l ochdi. Undan eng ko‘p jabr ko‘rgan Aqto‘be va Qo‘stanay shaharlarida daryolarning toshib ketishi natijasida ayrim aholi punktlarini suv bosib qoldi.

Uylarini boshatishga majbur bo‘lgan minglab aholi, harbiy vertolyotlar va tezyurar qayiqlar orqali xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, toshqin oqibatlarini bartaraf etish harakatlari davom etmoqda.



Aloqador xabarlar