Rossiyaga bo‘lgan tashrifida Jeenbekovga hamrohlik qilgan ikki kishida Covid – 19 holati aniqlandi

Rossiyaga bo‘lgan tashrifida Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovga hamrohlik qilgan ikki kishida Covid – 19 holati aniqlandi.

1442312
Rossiyaga bo‘lgan tashrifida Jeenbekovga hamrohlik qilgan ikki kishida Covid – 19 holati aniqlandi

Dunyoda yangi turdagi koronavirus pandemiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 480 ming 440, o‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 9 million 385 ming 725, sog‘ayib ketganlar soni esa 5 million 73 ming nafarni ortda qoldirdi.

Covid – 19 dan 4 ming 634 kishi vafot etgan Xitoyda 7 nafari poytaxt Pekinda bo‘lish bilan birga yangi 12 holat kuzatildi. Pekinda 11 – iyundan beri aniqlangan holat soni 249 nafarga chiqar ekan mamlakatda Covid – 19 holatining umumiy soni 83 ming 430 nafar deb qayd etildi.

Janubiy Koreyada ham 51 yangi holat aniqlandi. O‘ziga virus yuqtirib olganlar soni 12 ming 535 nafar bo‘ldi.

Rossiyada bir kunda vafot etganlar soni 154 nafarga ortgan holda 8 ming 513 nafarga, holat soni esa 7 ming 176 nafarga ortib, 606 ming 881 nafarga chiqdi. Pandemiya tufayli keyingiga qoldirilgan “G‘alaba bayrami” nishonlandi. Poytaxt Moskvadagi Qizil mydonda uyushtirilgan marosimga Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putindan tashqari Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan dunyoning 13 davlatidan kelgan hay’atlar ishtirok etdi.

Shuningdek Rossiyaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida shaxsiga hamrohlik qilgan hay’atdagi 2 kishining Covid – 19 testi ijobiy natija bergan Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning, mamlakatga qaytgach o‘zini o‘zi 3 kun izolyatsiya qilishi ma’lum bo‘ldi. Hay’atida Covid – 19 testi ijobiy natija berganligi bois Moskvadagi 75 – G‘alaba bayramida ishtirok etmaslik haqida qaror qilgan Jeenbekovning Qirg‘izistonga qaytishi va yangi test natijasi chiqqunga qadar 3 kun karantinda bo‘lishi qayd etildi.

Isroilda oxirgi 24 soatda Covid – 19 yuzasidan yana 1 kishi vafot etar ekan 459 yangi holat aniqlandi. Bu orqali virusdan vafot etganlar soni 308, holat soni esa 21 ming 467 nafarga yetdi.  

Holat soni 1 ming 375 nafarni tashkil etgan Falastinda pandemiya yuzasidan jiddiy ravishda to‘xtab qolgan turizm tarmog‘ining, bu yil qayta tiklanishining qiyin ekanligi qayd etildi. 

Eronda Covid – 19 tufayli 9 ming 863 kishi vafot etdi, holat soni esa 209 ming 970 nafar.

Iroq majlisi Inson huquqlari komissiyasi rahbari Ershat Solihiy, mamlakatda kun o‘tgan sari yoyilgan yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tufayli Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti, Yevropa va qo‘shni davlatlardan, “sog‘likni saqlash tarmog‘ida” yordam so‘radi. Iroq Turkman jabhasi vazirligi vazifasini ham olib borgan Solihiy, Iroq hukumati va Sog‘likni Saqlash tashkilotining xalqning bu tarmoqdagi eng asosiy ehtiyojlarini ta’minlashda ham yetarsiz qolganligini, niqob, qo‘lqop va dezinfektsiyalash vositasi kabi ashyolarni ololmayatganligini ifoda etdi. Mamlakatda vafot etganlar soni 1 ming 251, holat soni esa 34 ming 502 nafar deb qayd etildi.

Hindistonda oxirgi 24 soatda yana 465 kishining Covid – 19 dan vafot etishi bilan ularning umumiy soni mamlakatda 14 ming 490 nafarga yetdi. Holat soni esa 456 ming 926 nafarni tashkil etdi.

Afrika qit’asida pandemiya yuzasidan vafot etganlarning soni 8 ming 653 nafarga, holat soni esa 327 ming 464 nafarga chiqdi.

Covid – 19 yuzasidan kuzatilgan eng ko‘p o‘lim holati 2 ming 365 nafar bilan Misrda kuzatildi. Janubiy Afrikada 2 ming 102, Jazoirda 861, Sudanda 548, Nigeriyada 533 va Kamerunda 313 kishi.

Holat soni eng ko‘p kuzatilgan davlatlar esa Janubiy Afrika (106 ming 108), Misr (58 ming 141), Nigeriya (21 ming 371), Gana (14 ming 568), Kamerun (12 ming 270), Jazoir (12 ming 76) va Marokash (10 ming 344) deb qayd etildi.

Bugungacha virus tufayli 7 kishi vafot etgan, 674 holat aniqlangan Afrikaning janubidagi Esvatinda Covid – 19 holatlaridagi ortish ortidan har qanday spirtli ichimlik sotishlari man etildi.

Dunyoning ba’zi davlatlarida Covid – 19 tufayli vafot etganlar soni esa quyidagicha:

Pokiston 3 ming 755, Bangladesh 1 ming 545, Saudiya Arabistoni 1 ming 346 va Qatar 99.

Pokistonda holat soni oxirgi 24 soatda 3 ming 892 kishiga ko‘payib, 188 ming 926 nafar bo‘ldi.



Aloqador xabarlar