Shavkat Mirziyoyev, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirokchilarga o‘zbek tilida xitob etdi

Shavkat Mirziyoyev onlayn tarzda uyushtirilgan BMT Bosh Assambleyasining yetmish beshinchi sessiyasida ishtirokchilarga rus tili o‘rniga o‘zbek tilida xitob etishni tanladi.

1496486
Shavkat Mirziyoyev, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirokchilarga o‘zbek tilida xitob etdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirokchilarga o‘zbek tilida xitob etib,

“Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.” dedi.

Shavkat Mirziyoyev onlayn tarzda uyushtirilgan BMT Bosh Assambleyasining yetmish beshinchi sessiyasida ishtirokchilarga rus tili o‘rniga o‘zbek tilida xitob etishni tanladi.

O‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan beri prezident sifatida BMT Bosh assambleyasi sessiyasida rus tili o‘rniga birinchi marotaba o‘zbek tilida gapirgan Mirziyoyev, o‘z so‘zida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasini sayyoramizda so‘nggi yuz yilda birinchi marotaba kuzatilgan “falokat” deb qo‘lga olib, bu ofatning butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatganini ifoda etdi. Shuningdek, hozirgi tahlikali va murakkab vaziyatning yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarning o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtada muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlikning o‘ta muhimligini isbotlaganini qayd etdi  

Mirziyoyev, shu yo‘lda o‘zaro sa’y-harakatlarining birlashtirilishi, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini yetkazdi.

Mirziyoyev, bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi kerakligini ta’kidladi.

Uch yil muqaddam shaxsining Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy minbaridan O‘zbekistonning tub islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qarori qat’iy ekanini aytganini eslatib o‘tgan Mirziyoyev,

“Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora - tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston  shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.” dedi.



Aloqador xabarlar