Shavkat Mirziyoyev Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amrayevni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar Hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amrayevni qabul qildi.

1282243
Shavkat Mirziyoyev Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amrayevni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktabr kuni Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar Hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amrayevni qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ma’lumot tarqatdi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Turk kengashi o‘rtasidagi hamkorlikning jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

O‘zbekiston shu yilning 14-sentabri kuni 2009-yilning 3-oktabri kuni imzolangan Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxchivon Bitimini ratifikatsiya qildi hamda tashkilotning joriy yil 15-oktabri kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan yettinchi sammitida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Turkiy kengash mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va uzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Turkiy kengashning birinchi navbatda savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, madaniy-gumanitar almashuvlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi samarali mintaqaviy tuzilma sifatidagi salohiyatiga yuksak baho berilgan.

Turkiy kengash Bosh kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonni Kengashga to‘la huquqli a’zo sifatida kirishi bilan samimiy tabriklagan.

O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi tashkilot doirasida samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qilishi alohida qayd etilgan.

Bag‘dat Amreyev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholagan.

O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotganini alohida qayd etgan.

Oliy martabali mehmon Prezident Shavkat Mirziyoyevga Turk kengashining bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida ma’lumot berdar eakn shu bilan birga Kengash bilan O‘zbekiston o‘rtasida samarali munosabatlarni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini tasdiqlagan.

 

 



Aloqador xabarlar