Shavkat Mirziyoyev Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisini qabul qildi

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisi Rifat Hisorjiqlioʻgʻli samimiy qabul uchun Oʻzbekiston prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

1282657
Shavkat Mirziyoyev Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisini qabul qildi

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 4 oktyabr kuni Toshkentda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari raisi Mustafo Rifat Hisorjiqlioʻgʻlini qabul qildi.

Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi doʻstlik, sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng koʻlamda amalga oshirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda Rifat Hisorjiqlioʻgʻli samimiy qabul uchun Oʻzbekiston rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rifat Hisorjiqlioʻgʻli Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari - Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi aʼzolari ustuvor loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklari hamda bu masalalarni oʻzbekistonlik sheriklar bilan Toshkentda boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlarning birinchi Investitsiya forumi va Ishbilarmonlar kengashi majlisida muhokama qilishni rejalashtirganini taʼkidladi.

Uchrashuv soʻngida Rifat Hisorjiqlioʻgʻli Oʻzbekiston-Turkiya doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish borasida qatʼiy ekinini tasdiqladi.

 



Aloqador xabarlar