Shento‘p dunyoning Turk davlatlari ovoziga muhtojligini qayd etdi

Mustafa Shento‘p Cho‘lpon-Ata shahrida uyushtirilgan Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assableyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida nutq so‘zladi.

1847995
Shento‘p dunyoning Turk davlatlari ovoziga muhtojligini qayd etdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p, dunyoning Turk davlatlari ovoziga muhtojligini qayd etdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p Qirg‘iziston parlamenti raisi Talant Mamitov rahbarlarigida mamlakatning Cho‘lpon-Ata shahrida uyushtirilgan Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assableyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Unda dunyoning urush, ichki tartibsizliklar, migratsiya harakati, terrorizm, iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi murakkab muammolarga duch kelganiga e’tibor qaratdi.

Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda ko‘pchilik ovozining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Shento‘p, asosan, xalqaro tizim ham doxil to‘siqliklarni yengish uchun dunyoning Turk davlatlarining ovoziga muhtoj ekanini ta’kidladi.

Birlik va birgalikda harakat qilishga tayangan moddiy-manaviy kuchdan boxabarligini ta’kidlagan Shento‘p, TurkPA tarkibidagi davlatlar o‘rtasidagi transport tarmoqlarini mustahkamlashning, alohida ahamiyatga ega ekaniga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

Shento‘p bu borada:

“Xalqaro Sharq-G‘arb markaziy yo‘lagi bilan Kaspiy orqali Ozarbayjon-Naxchivan aloqasi kabi qadamlar bilan bir-birimizga yana-da yaqinroq bog‘lanishimiz zarur. Bu ham mamlakatlarimizning savdo, transport va ishlab chiqarish markazlari sifatida yuksalishiga yo‘l ochadi. Eng muhimi mamlakatlarimizni bir-biriga yana-da yaqinlashtiradi”.-dedi.

Shento‘p kelasi yili, ham TurkPA ham da Turkiya uchun muhim yillardan biri bo‘lishini yodga solgan holda.

“TurkPA 15-yilligini, Turkiya Respublikasi esa 100-yilligini nishonlaydigan bu burilish nuqtasida TurkPAning Bosh assambleyasiga Turkiyaning mezbonlik qilishidan mamnunmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar