Shentop, Bokuning dushman istilosidan qutilishining 102 - yilligida shahidlarni yodga oldi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop, Bokuning arman va bolshevik istilosidan qutilishining 102 – yilligida shahidlarni yodga oldi.

1491422
Shentop, Bokuning dushman istilosidan qutilishining 102 - yilligida shahidlarni yodga oldi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop, Ozarbayjon poytaxti Bokuning arman va bolshevik istilosidan qutilishining 102 – yilligida shahidlarni yodga olib buning uchun Twitter hisobi orqali post qoldirdi.

Mustafa Shentop unda,

“Nuriy poshsho yetakchiligidagi Kavkaz Islom armiyasi, 1918 – yilning 15 – sentabri kuni Bokuni arman va bolshevik istilosidan qutqargandi. Turkiya – Ozarbayjon qardoshligining ramzi bo‘lgan bu voqeaning 102 – yilligida Nuriy poshsho bosh bo‘lish bilan birga aziz shahidlarimizni rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olaman.” dedi.

Shentop bu haqida shuningdek,

“102 yil muqaddam bugun Nuriy poshsho yetakchiligidagi Kavkaz Islom armiyasi Ozarbayjonni arman to‘dalarining istilosidan qutqardi. Bugun esa Turkiya huddi ana shu manaviy kuch bilan Ozarbayjonning oxirigacha yonidadir. Aziz qo‘mondonimiz Nuriy Poshsho va shahidlar xiyobonida yotgan qahramonlarga rahmat tilab, Ozarbayjonga salom yo‘llayman” der ekan, Twitterdagi postiga “Bir millat, ikki davlat” degan ifodadagi videolavhani ham ilova etdi.



Aloqador xabarlar