Sooronbay Jeenbekov turk ishbilarmonlarni Qirg’izistonga investitsiya kiritishga chaqirdi

Turk investorlaridan biri tomonidan poytaxt Bishkekda tashkil topgan mehmonxonada Qirg’iziston-Turkiya Biznes forumi uyushtirildi.

1275309
Sooronbay Jeenbekov turk ishbilarmonlarni Qirg’izistonga investitsiya kiritishga chaqirdi

Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qayd etishicha Turkiya Qirg’izistonga mustaqilligini qo’lga kiritgan 1991-yildan beri 600 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritgan.

Turk investorlaridan biri tomonidan poytaxt Bishkekda tashkil topgan mehmonxonada bo’lib o’tgan Qirg’iziston-Turkiya Biznes forumida Qirg’iziston nomidan vazirlar va deputatlar, Turkiya nomidan esa Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Serdar Cham, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Bilal Erdo’g’an va ikkala mamlakatning nufuzli ishbilarmonlari ishtirok etdi.

Jeenbekov mazkur forumda so’zlagan nutqida,

“Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda ikkala mamlakat savdo hajmini 400 million AQSh dollaridan 1 million AQSh dollariga chiqarishni ko’zda tutgan imkonlarni qo’lga oldik. Buning uchun kerakli faoliyatlarni amalga oshirishimiz darkor” dedi.

Turk investorlarini Qirg’izistonda transport, energetika, aloqa texnologiyalari va turizm tarmog’iga investitsiya kiritishga taklif qilgan Jeenbekov,

“Turk ishbilarmonlarini investitsiya kiritishga taklif qilaman. Turk sheriklarimiz uchun darvozamiz har doim ochiqdir. Ular bilan bo’lgan hamkorligimizni ko’p tomonli mustahkamlashni xohlaymiz” deya gapirdi.

Sooronbay Jeenbekov Qirg’izistonda yetishtirilgan go'sht, asal, yong'oq, quritilgan loviya va quritilgan meva turlarini Turkiya bozorlarida ko’rishni xohlaganliklarini ifoda etdi.

Mamlakatda ish olib borish shart-sharoitlarining qulaylashtirilganligini ham o’z so’ziga ilova etga Jeenbekov,

“Qirg’izistonda yangi ishxona 3 kun ichida ro’yhatdan o’tkazilmoqda. Yangi firmalar, 3 yilgacha soliq to’lamaydi. Qo'shilgan qiymat solig'i 12 foizni tashkil etar ekan, foyda va daromad solig'i 10 foizni tashkil etadi. Yirik shaharlardan tashqarida ishxona ochganlardan daromad, savdo, yer va mulk solig'i 5 yildan 10 yilgacha olinmaydi. Texnologiyalarni import qiluvchi kompaniyalar bojxona to'lovlaridan ozod qilinmoqda” deya gapirdi.

Jeenbekov Prezident Erdo'g’an bilan kelasi oyda Ozarbayjonda uchrashuv o’tkazmoqchi ekanliklarini va mazkur uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar