Suriya masalasida Ostona formatida olib borilgan muzokaralar davom etmoqda

Suriya masalasida kafil mamlakatlar shu jumladan Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida Ostona formatida olib borilgan muzokaralar davom etmoqda.

1184408
Suriya masalasida Ostona formatida olib borilgan muzokaralar davom etmoqda

Suriya masalasidagi kafil mamlakatlarning navbatdagi yig’ilishi shu yilning 25-26 apreli kunlari Qozog’iston poytaxti Nur Sultonda o’tkaziladi.

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Turkiya, Rossiya va Eron bilan birga Bashar al-Asad rejimi va muxolafat hay’atlari ishtirok etadigan Suriya masalasidagi navbatdagi yig’ilish, 25-26 apreli kunlari bo’lib o’tadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Iordaniya hay’atlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan yig’ilishda Idlib, Suriyaning shimoliy-sharqi, to’qnashgan tomonlar o’rtasida xavfsizlikni orttiruvchi choralar, muhojirlarning o’z yurtlariga qaytishi, insoniy vaziyat va urush ortidan qayta tiklash masalalari qo’lga olinadi.

Shuningdek asosiy yig’ilishdan oldin o’tkaziladigan texnik uchrashuvlarning kun tartibida Konstitutsiya qo’mitasini tashkil etish haqidagi faoliyatlarning tamomlanishi va yig’ilish jarayoniga kuzatuvchi yangi davlatlarning qo’shilishi masalalari ham o’rin oladi.

25-aprel kuni o’zaro va uchli formatda boshlaydigan texnik uchrashuvlarning asosiy majlisi 26-aprel kuni bo’lib o’tadi.

Uchrashuvlar doirasida asirga olinganlarning ozod etilishi ustidan ish olib borgan guruhning ham navbatdagi sakkizinchi yig’ilishini o’tkazishi rejalashtirilmoqda.

Kafil mamlakatlar shu jumladan Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida Ostona formatida, Suriya muammosini hal qilish masalasi ustidan olib borilgan muzokaralar 2017-yilning yanvar oyidan beri davom etmoqda.

 



Aloqador xabarlar