TIKAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Samarqandda bir qator uchrashuvlar amalga oshirmoqda

Samarqand Davlat universitetida Turkologiya fakulteti va Turk Tili Oʻquv Markazi tashkil etilishi mumkin.

1663170
TIKAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Samarqandda bir qator uchrashuvlar amalga oshirmoqda
TİKA Özbekistan 2.jpg
TİKA Özbekistan 3.jpg

TIKAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi "Vaqf" Xayriya jamoat fondi taklifiga binoan Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqida vakolatxona matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra tashrif doirasida “Shohizinda” majmuasining restavratsiyasi va Imom Moturidiy kompleksining barpo etilishi bilan bogʻliq uchrashuvlar oʻtkazilgan. 

Shuningdek, taʼlim sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti rektori Rustam Xolmurodov bilan uchtashib, universitetda Turkologiya fakulteti va Turk Tili Oʻquv Markazi tashkil qilinishi masalalari muhokama qilingan.



Aloqador xabarlar