Tojikiston O‘zbekistondan tabiiy gaz qabul qilib olishni to‘rt barobar oshirmoqchi

Tojikiston bu yil O‘zbekistondan tabiiy gaz qabul qilib olishni to‘rt barobar oshirishni rejalashtirmoqda.

1135935
Tojikiston O‘zbekistondan tabiiy gaz qabul qilib olishni to‘rt barobar oshirmoqchi

Tojikiston bu yil O‘zbekistondan tabiiy gaz qabul qilib olishni to‘rt barobar oshirishni rejalashtirmoqda

“Tojiktransgaz” ochiq aktsiyadorlik jamiyati rahbari birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda mavzu haqida matbuot a’zolariga bergan bayonotida, o‘tgan yili respublikaga deyarli 54 million kub metr o‘zbek gazi yetkazib berilganligini, bu yil esa bu miqdorning 4 barobarga oshirishini qayd etdi.

Shoimzoda, Tojikistonning 2019-yili O‘zbekistondan qariyb 200 million kub metrgacha tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirayotganligini ifoda etdi.

Bu yil uchun o‘zbek tabiiy gazining xarid qilib olinishi uchun ikki mamlakat gaz taqsimlash kompaniyalari o‘rtasida prinsipial kelishuvga erishilganligini eslatgan Shoimzoda, bugungi kunda uning tafsilotlarining muhokama qilinayotganligini, shundan so‘ng hujjat imzolanishini bildirdi.

Tojikiston tomoni avval xarid qilib olgan o‘zbek tabiiy gazining ming kub metriga 120 AQSh dollari to‘laganligini ma’lum qilgandi.

Ikkala mamlakat o‘rtasidagi sovuq munosabatlarning qayta tiklanishi bilan, 9 yil ortidan o‘tgan yili Tojikiston O‘zbekistonga takror elketr energiyasi eksport qila boshlar ekan O‘zbekiston ham Tojikistonga tabiiy gaz bera boshlagan edi.

O‘zbekistonda bir yilda qariyb 60 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqilar ekan, buning muhim qismi O‘zbekistonning o‘zida ishlatilmoqda. 10-12 milliard kub metr tabiiy gaz esa Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda.



Aloqador xabarlar