Toshkentda Sog’likni saqlash bo’yicha O’zbek-turk biznes forumi o’z ishini boshladi

Forumda Turkiya Respublikasining Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning yetakchiligda Turkiya nomidan 80 ta firma ishtirok etmoqda.

1317241
Toshkentda Sog’likni saqlash bo’yicha O’zbek-turk biznes forumi o’z ishini boshladi

Toshkentda Sog’likni saqlash bo’yicha O’zbek-turk biznes forumi kecha o’z ishini boshladi. Uch kun davom etadigan mazkur forumda Turkiya Respublikasining Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Kojaning yetakchiligda Turkiya nomidan 80 ta firma ishtirok etmoqda.

Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Koja ochilish marosimida so’zga chiqar ekan unda Turk-islom dunyosining qadimiy shaharlaridan biri Toshkentga tashrif buyurganidan va ikkala mamlakat o’rtasida inshoo etilgan hamkorlikka hissa qo’shish imkonini qo’lga kiritganidan judayam xursandligini ifoda etdi.

Turkiya va O’zbekistonning bir xil til, din va tuyg’ularni bo’lishgan ikkita yirik davlat ekanligiga, ikki boshqa hududda joylashishiga qaramay samimiy birodarlik his-tuyg’u va rishtalarini qadimdan saqlab kelganligiga, bir-birlarini har doim qo’llab-quvvatlaganligiga e’tibor qaratgan Koja, “Buxorolik musulmonlarning Milliy kurashimizdagi ko’magi, g’alabamiz oldidagi xursandchiligi va gazeta sahifalarida o’rin ajratgan ajoyib sarlavhalarini aslo unutmadik” dedi.   

Fahrettin Koja, O’zbekistonning 33 millionga yaqin aholi soni, geostrategik o’rni, ko’hna tarixi, boy madaniy qadriyatlari va iqtisodiy salohiyati bilan mintaqaviy tinchlik va barqarorlik uchun muhim o’rinda ekanligini belgilab o’tgan holda, Turkiyaning 1991-yilning 16-dekabrida O’zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat ekanligini, 1992-yilning 4-martida esa ikkala mamlakat o’rtasida diplomatik aloqalarning o’rnatilganligini yodga soldi.

Turkiyaning O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida boshlatgan islohot, rivojlanish va taraqqiyot harakatlarini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidlagan Koja o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Xalqlarimiz va qardosh davlatlarimiz, tenglik va o’zaro manfaat asosida buyuk salohiyatga egadir. Buni Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o’rtaga qo’yilgan siyosiy iroda orqali amalga oshirishimizga ishonchim komil. O’zbekistonning Turk kengashiga a’zo bo’lishini tarixiy qadam deb hisoblaymiz. Boshqa xalqaro platformalarda bo’lganidek Turk kengashi tarkibida ham O’zbekiston bilan ko’p qirrali hamkorliginimizni davom ettirishimizga ishonaman. Ikkala prezident ham o’zaro tashriflari natijasida 2018-yili Oliy darajali strategik hamkorlik yaratdi. Shunday ekan biz ham, ikkala mamlakatning Sog’likni saqlash vazirlari sifatida, sog’likni saqlash tarmog’idagi strategik ahamiyatga ega bo’lgan hamkorligimizning rivojlantirilishi uchun zimmamizga tushgan javobgarchiligmizni bajarib, kerakli qadamlarni tashlayapmiz”.

Turkiya va O’zbekiston o’rtasida 115 millionlik buyuk bozor paydo bo’lganligini ifoda etgan Turkiya Sog’likni saqlash vaziri, mamlakatlar o’rtasidagi savdo hajmining 2018-yili 1.8 milliard dollarga yetganligini, Prezident Erdo'g’an tomonidan ko’zda tutilganidek 5 milliard dollarga ham eng qisqa vaqt ichida yetishini ta’kidlab o’tdi.

Fahrettin Koja, sog'liqni saqlash sohasidagi investitsiyalar, tibbiy axborot tizimlari, bemorlarni xalqaro standartlarga muvofiq davolash, farmatsevtika, tibbiy asboblar, kosmetika va boshqa sohalarda faoliyat olib borgan 80 ga yaqin turk firmasining ikkala mamlakat o’rtasidagi hamkorlikka hissa qo’shish uchun o’zbek kasbdoshlari bilan uchrashuv o’tkazishini eslatib o’tgan holda, forumda Turkiya va O’zbekiston nomidan ishtirok etgan tarmoq vakillariga minnatdorchilik bildirdi.

Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Koja, O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi Sog’likni saqlash sohasidagi hamkorlikning 1997-yili qo’l qo’yilgan shartnoma asosida olib borilganligiga e’tibor qaratgan holda, 2019-yilning 14-fevrali kuni qo’l qo’yilgan “Hamkorlikning yo’l xaritasi” va 2019-2020 yillarni o’z ichiga olgan davrda ikkala mamlakatning sog’lik saqlash tizimlarining kuchiga-kuch qo’shish, sog’lik turizmi, sog’lik industriyasi, ta’lim, ijtimoiy xavfsizlik, tibbiy va ijtimoiy yordam va shunga o’xshash tarmoqlarda hamkorlikni rivojlanitish ko’zda tutilganligini qayd etdi.

Sog’likni saqlash sohasidagi o’zbek va turk ishbilarmonlarining uchrashuvi va o’z faoliyatlarini boshlatishining hamkorlik imkonlarini yana-da rivojlantirishi uchun muhim shaxdam qadam ekanligini ta’kidlagan Koja,

“Bugun ekiladigan urug’lar, ertangi yillarda ko'chatga, daraxt va mevalarga aylanadi. Bunday faoliyatlarni ikki yilda bir o’tkazib turish prezidentlarimiz ko’zlagan savdo hajmiga hissa qo’sish yo’lida zimmamizga tushgan vazifani bajarishga imkon beradi degan fikrdaman. Kelajakda biz uyushtirmoqchi bo’lgan faoliyatlar nafaqat Turkiya va O’zbekiston ishtirokida balki Turk kengashining doimiy a’zolari Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston bilan kuzatuvchi davlatlardan Vengriya va turk tilida so’zlashuvchi boshqa davlatlarni ham o’z tarkibiga oladiganday uyushtirilishini taklif qilmoqchiman” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Fahrettin Koja Farg’ona, Termiz, Xorezm, Toshkent va Qoraqolpog'istonda TIKAning ko’magi bilan bugungacha 8 ta sog’likni saqlash haftasi o’tkazilganligini ifoda etgan holda, sog’likni saqlash haftalarida 735 ta amaliyot, 3035 ta maslahat va 1577 nafar xodimga ta’lim berilganligini ma’lum qildi.

Sog’likni saqlash bo’yicha O’zbek-turk biznes forumi bilan bir xil vaqtda Toshkentda uyushtirilgan Mushtarak Sog’likni saqlash haftasining ikkala mamlakat o’rtasidagi qardoshlik huquqini gullatishiga e’tibor qaratgan Fahrettin Koja, mazkur haftada turk va o’zbek shifokorlari tomonidan amaliyot qilingan bemorlarning ham ahvolidan xabar olinishi rejasi borligini qayd etdi.

Fahrettin Koja ortidan O’zbekiston Soqlikni saqlash vaziri Alisher Shodmatov bilan ikkala mamlakat o’rtasidagi niyat bayoni shartnomasiga qo’l qo’ydi.

Shu bilan birga mazkur forumning birinchi kunida Turkiya va O’zbekiston o’rtasida sog’likni saqlash tarmog’idagi 11 ta shartnomaga qo’l qo’yildi.

Forumda Sog’likni saqlash vaziri Fahrettin Kojaga Toshkent Tibbiyot markazi tomonidan faxriy professorlik unvoni va tarmoqdagi faoliyatlari tufayli mukofatlar taqdim etildi.

Marosim ortidan Fahrettin Koja, yetakchiligidagi hay’at bilan yarmarkadagi stendlarga tashrif buyurib, ma’lumot egalarini tingladi.



Aloqador xabarlar