Turk dunyosining madaniy poytaxti Oshda “Etnomadaniy festival” uyushtirildi

Turk dunyosining madaniy poytaxti Qirg’izistonning ikkinchi yirik shahri bo’lgan Oshda, “Etnomadaniy festival” uyushtirildi.

1187161
Turk dunyosining madaniy poytaxti Oshda “Etnomadaniy festival” uyushtirildi

Turk dunyosining madaniy poytaxti Qirg’izistonning ikkinchi yirik shahri bo’lgan Oshda, “Etnomadaniy festival” uyushtirildi.

Osh shahar hokimining mezbonligida uyushtirilgan mazkur festivalda qirg’iz xalqining bolani beshikka belash, milliy taom pishirish, mehmon kuzatish, sovchilikka borish, qaynona va qaynota kutib olish va shunga o’xshash ko’plab urf-odatlari sahnada olib chiqildi.  

Festival doirasida qirg’iz chodir to’plash urf-odati, ko’chmanchi askarlarning kiyim-kechaklari va urush aspoblari namoyish etildi.

Osh shahrida yashagan o’zbeklar, uyg’urlar, karislar, xitoylar, ruslar ham festival ishtirokchilarini milliy oshxonasi va kiyim-kechaklarini bilan tanishtirdi.

Mesxeti turklari ham mehmonlar bilan birgalikda karnak-surnak hamrohligida raqsga tushdi.

Osh shahriga tashrif buyurgan rasmiy hay’at a’zolariga “Sumalak” tortildi.

Shu bilan birga Osh shahar hokimi Taalaybek Saribashev, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tarkibidagi davlat hay’atlarini, elchilarni va chet eldan kelgan ko’plab mehmonlarni kutib oldi.

Qirg’iziston Madaniyat va aloqa vaziri Azamat Jamankulov ham, “Osh shahrining 3 ming yillik tarixi bilan faxrlanamiz” dedi.

Jamankulov shaharning O’zbekiston, Tojigiston va Xitoy chegaralari o’rtasida bo’lishib olinganligini qayd etgan holda, “Shuning uchun ham shaharda turli xalqlar yashaydi. Turk dunyosini Osh shahrida ko’rib turganimizdan judayam xursandmiz. Xush kelibsiz!” deya gapirdi.  

Turkiya nomidan hozirda Oshda bo’lgan Atrof-muhit va shaharni sozlash vaziri o’rinbosari Mujahid Demirtash esa shaharga birinchi marotaba kelganligini, shahar bilan faxrlanishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Etnomadaniy festival , #TURKSOY , #Osh

Aloqador xabarlar