Turk kengashi Turkiyaning “Tinchlik bulog’i” amaliyotini qo’llab-quvvatladi

Ozarbayjonda uyushtirilgan Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Davlat rahbarlari o’rtasida uyushtirilgan yettinchi sammitning yakuniy deklaratsiyasiga, “Tinchlik bulog’i” amaliyotini qo’llab-quvvatlash haqidagi qaror kiritildi.

1288461
Turk kengashi Turkiyaning “Tinchlik bulog’i” amaliyotini qo’llab-quvvatladi

Ozarbayjonda uyushtirilgan Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi (Turk kengashi) Davlat rahbarlarining navbatdagi yettinchi sammitining yakuniy deklaratsiyasiga, “Tinchlik bulog’i” amaliyotini qo’llab-quvvatlash haqidagi qaror kiritildi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning mezbonligida uyushtirilgan sammitda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an, Qozog’iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turk kengashining kuzatuvchi a’zolaridan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkmanistonning (Kengashga a’zo emas) Bosh vaziri Purli Agamuradov ishtirok etadi.

Sammit yakunida qabul qilingan va davlat rahbarlari tomonidan qo’l qo’yilgan deklaratsiyada Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Firot daryosining sharqida olib borilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyoti haqida,

“Turk kengashi Turkiyaning Tinchlik bulog’i amaliyotining terrorizmga qarshi kurashga, Suriyaning hududiy yaxlitligini ta’minlashga, suriyaliklarning terroristlar zulmidan qutilishiga va o’z uy-joyidan mahrum qilingan suriyaliklarning vataniga xavfsiz va o’z xohishi bilan qaytishlari uchun shart-sharoitlar yaratishiga ijobiy hissa qo’shishiga bo’lgan umid va ishonchlarini bayon etmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.  


Tanlangan kalimalar: #Turk kengashi , #Tinchlik bulog’i

Aloqador xabarlar