Turk kengashining Budapeshtdagi ofisi kengashining Yevropa bilan bo’lgan hamkorligini orttiradi

Turk kengashining Budapeshtda ochilgan Yevropadagi ofisi kengashining Yevropa ittifoqi va Yevropadagi tashkilotlar bilan bo’lgan hamkorligini orttirishiga ijobiy hissa qo’shadi.

1273532
Turk kengashining Budapeshtdagi ofisi kengashining Yevropa bilan bo’lgan hamkorligini orttiradi

Turk kengashining (Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi) Vengriya poytaxti Budapeshtda ochilgan Yevropadagi ofisi Turk kengashining Yevropa ittifoqi va Yevropadagi tashkilotlar bilan bo’lgan hamkorligini orttirishiga ijobiy hissa qo’shadi.  

Turk kengashining Yevropadagi ofisining ochilish marosimi doirasida Vengriya poytaxti Budapeshtda uyushtirilgan Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi (o’ninchi) favqulodda yig’ilishi haqida qo’shma deklaratsiya chop etildi.

Ofisning ochilishining ahamiyatiga e’tibor qaratilgan deklaratsiyada,

“Yevropa ofisi Turk kengashining Vengriya bilan bo’lgan munosabatlarini mustahkamlash bilangina cheklanib qolmay ayni vaqtda Turk kengashining Yevropa ittifoqi va Yevropadagi tashkilotlar bilan bo’lgan hamkorligini orttirishiga ijobiy hissa qo’shadi. Ofis TÜRKSOY,  Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning Parlament Assambleyasi (TÜRKPA), Turk akademiyasi bilan Turk madaniyati va merosi fondi kabi tegishli tashkilotlar bilan Vengriyaning yana-da ko’proq hamkorliklar yo’lga qo’yishi uchun yangi yo’llar ochadi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Deklaratsiyada vazirlarning, 15-oktabrda Ozarbayjon poytaxti Bokuda o’tkaziladigan Turk kengashining rahbarlik sammiti ustidan davom etgan tayyorgarliklarining qo’lga olinganligi ham belgilab o’tilar ekan,

“Vazirlar O’zbekistonning Turk kengashi tarkibiga qo’shilishini xursandchilik bilan qarshi oldi. Turk kengashining 2025-yilga atalgan rejalari bilan birga Turk madaniyati va merosi fondida kuzatuvchi a’zo bo’lishni xohlagan Vengriyaning murojati ham baholandi” deyildi.



Aloqador xabarlar