Turk kengashining Budapeshtdagi ofisi xizmatga ochilish arafasida

Vengriya poytaxti Budapeshtda Turk kengashining ofisi xizmatga ochilish arafasida.

14 Ekim 2019 21:26

Vengriya poytaxti Budapeshtda Turk kengashi (Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi) ofisi xizmatga ochilish arafasida.

Vengriya poytaxti Budapeshtda bugun uyushtiriladigan ochilish marosimida Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Vengriya nomidan Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto, Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Ching’iz Aydarbekov, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov, Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tleuberdi va Turk kengashi Bosh kotibi Bag’dad Amrayev ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li va boshqa vazirlar Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilinadi.

Mavzu haqida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga esa, “2014-yili Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar Parlament Assambleyasiga, 2018-yili esa Turk kengashi va Turk akademiysiga kuzatuvchi a’zo sifatida qabul qilingan Vengriya bilan Turk kengashi o’rtasidagi hamkorlik yuqorida nomi tilga olingan ofisning ochilishi orqali institutsional darajada rivojlanishni davom ettiradi” degan ifodalarga o’rin berildi.