Turkiyaga tashrif buyurgan o’zbekistonlik OAV vakilllari “Anadolu” axborot agentligida bo’ldi

Turkiyaga tashrif buyurgan o’zbekistonlik ommaviy axborot vositasi vakilllari “Anadolu” axborot agentligida bo’ldi.

1273442
Turkiyaga tashrif buyurgan o’zbekistonlik OAV vakilllari “Anadolu” axborot agentligida bo’ldi

Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi yetakchiligi tomonidan uyushtirilgan dastur doirasida Turkiyaga tashrif buyurgan o’zbekistonlik ommaviy axborot vositasi vakilllari “Anadolu” axborot agentligida bo’ldi.

O’zbekistonning nufuzli gazeta, telekanal va axborot agentligi vakillaridan tashkil topgan 5 kishilik hay’atni, “Anadolu” axborot agentligining direktori o’rinbosari va bosh muharrir Metin Mutano’g’li va agentlikning xalqaro axborot bo’limi rahbari Faruk Tokat mehmon qildi.

Mutano’g’li o’zbekistonlik hay’atga agentlik faoliyatlari, faoliyat olib borilgan tillar va rejalaridan tashqari agentlikning xalqaro tuzilish va ish olib borish yo’llari haqida ma’lumot berdi.  

“Anadolu” axborot agentligida Turk tili doxil 13 tilda faoliyat olib borilganligini eslatib o’tgan Mutano’g’li, agentlikning dunyoning eng nufuzli axborot agentligi ro’yhatida o’rin olganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Mutano’g’li Markaziy Osiyo bilan Turkiya o’rtasida qon-qarindoshlik aloqasi borligiga e’tibor qaratgan holda, O’zbekiston tashqi dunyoga ochilishni boshlatar ekan bu orqali,  ham Turkiya bilan bo’lgan munosabatini mustahkamlashi ham da G’arb bilan bo’lgan aloqasini orttirishi darkorligini qayd etdi.

O’zbekistonning Markaziy Osiyoning tobora yuksalib borayotgan yulduzi ekanligiga e’tibor qaratgan Mutano’g’li, shuning uchun ham O’zbekistonning rivojlanishi haqidagi yangiliklarning Turkiyada katta hayajon bilan qarshi olinganligi aytib o’tdi.

O’zbekistonlik jurnalistlar hay’ati ham Turkiyaga bo’lgan tashrifi haqida “Anadolu” axborot agentligining direktori o’rinbosari va bosh muharrir Metin Mutano’g’liga ma’lumot berdi.

Hay’atdagi jurnalistlar, uchrashuv ortidan agentlikning turli bo’limlarida bo’lib, muharrir va muxbirlarning faoliyatlari bilan tanishib chiqdi.

 



Aloqador xabarlar