Turkmaniston Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib beradi

Afg‘onistonning Xost va Paktika viloyatlarida 21-iyun kuni 5.9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

1847923
Turkmaniston Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib beradi

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid  Meredov kecha  Afg‘onistonning Turkmanistondagi muvaqqat ishlari vakili Muhammad Fazel Saber bilan uchrashdi. Bu haqida “Dunyo” AA muxbiri xabar qildi.

«Turkmenistan segodnya» axborot agentligi maʼlumotiga tayangan ushbu xabarga ko‘ra,  Tashqi ishlar vaziri Meredov uchrashuv chog‘ida Afg‘onistonning Xost va Paktika viloyatlarida ro‘y bergan yer silkinishi munosabati bilan Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etgan.

Qayd etilishicha, Turkmaniston, yaqin kelajakda qardosh Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam yetkazib beradi.



Aloqador xabarlar