Va nihoyat, 28 yil ortidan Ozarbayjon askarlari Lochinda bayroq o‘rnatdi

Armaniston qo‘shini 20 – noyabrda Ag‘damdan, 25 – noyabrda Kalbajardan, kecha esa Lochindan chiqib ketdi.

1537433
Va nihoyat, 28 yil ortidan Ozarbayjon askarlari Lochinda bayroq o‘rnatdi

Armaniston tomonidan 1992 – yili bosib olingan Lochin viloyatiga 28 yil ortidan Ozarbayjon askarlari bayroq o‘rnatdi.  

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida bo‘lishilgan tasvirda, shaharga kirgan askarlarning qo‘mondoni Lochinda bayroq osilgan binoning oldida Prezident Ilhom Aliyevga atab, “Hurmatli Bosh qo‘mondonim, Ozarbayjon bayrog‘i Lochin shahrida xilpiramoqda. Yashasin Ozarbayjon! Yashasin Bosh qo‘mondon! Qorabog‘ Ozarbayjonningdir!” – degan so‘zlariga guvoh bo‘lish mumkin.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan 27 – sentabrda boshlatilgan amaliyotda 5 ta shahar markazi, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloqning qutqarilishi ortidan Armaniston mag‘lubiyatni tan olib, bosib olingan Ag‘dam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham boshatib berishni zimmasiga olgan kelishuvga qo‘l qo‘ygandi.  

Armaniston qo‘shini 20 – noyabrda Ag‘damdan, 25 – noyabrda Kalbajardan, kecha esa Lochindan chiqib ketdi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Lochin , #Armaniston

Aloqador xabarlar