Vengriyada Turkiya bilan Qirg’iziston o’rtasidagi savdo hajmini orttirish masalasi qo’lga olindi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Vengriya poytaxti Budapeshtda Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Ching’iz Aydarbekov bilan uchrashuv o’tkazdi.

1272573

Chavusho’g’li, Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi (Turk kengashi) ofisining xizmatga ochilish marosimida ishtirok etish uchun hozirda Vengriya poytaxti Budapeshtda bo’lar ekan unda qirg’izistonlik kasbdoshi Ching’iz Aydarbekov bilan uchrashdi.

Qariyb 45 daqiqa davom etgan mazkur uchrashuvda Turkiya bilan Qirg’iziston munosabatlari va ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo hajmini orttirish masalasi qo’lga olindi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto bilan ham uchrashuv o’tkazgan holda Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi (Turk kengashi) ofisining xizmatga ochilishi haqidagi yig’ilishda ishtirok etdi.

Mevlut Chavusho’g’lining Vengriyaga bo’lgan tashrifi chog’ida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Aloqador xabarlar