Xiva shahri 2020-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi

O’zbekistonning Xiva shahri kelasi 2020-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi.

1315287
Xiva shahri 2020-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi

O’zbekistonning Xiva shahri kelasi 2020-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi.

Turk dunyosining 2019-yildagi madaniy poytaxti Qirg’izistonning O’sh shahrida uyushtirilgan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOYga a’zo davlatlarning madaniyat vaziligining 37-kengashi o’z ishini yakunladi.

Qirg'iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamankulov, yig’ilishning yakuniy majlisida O’zbekistonning Xiva shahrining kelasi 2020-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb tanlab olinganligini e’lon qildi.

Jamankulovning mezbonligida uyushtirilgan yig’ilishda TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov, Ozarbayjon Madaniyat vaziri o’rinbosari Rafig Bayramov, Qozog’iston Madaniyat vaziri o’rinbosari Nurkisa Dayeshov, O’zbekiston Madaniyat vaziri o’rinbosari Kamola Oqilova, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Nadir Alpaslan, Turkmaniston Madaniyat vaziri o’rinbosari Gurbanmurad Miradaliyev va kuzatuvchi davlat sifatida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Ta'lim va madaniyat vaziri Nazim Chavusho’g’lu ishtirok etdi.

Ishtirokchilarni Xiva shahri bilan tanishtirish maqsadida taqdim etilgan qisqa metrajli film namoyishi ortidan O’zbekiston Madaniyat vaziri o’rinbosari Kamola Oqilova shahar haqida taqdimot qildilar.

Shaharning O'rta asr me'morchiligining noyob va ajoyib namunalaridan biri ekanligini ta’kidlagan Oqilova, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan shaharning bir necha din va madaniyatlarga quchoq ochganligini va XVII asrda shaharlashganligini qayd etdi.

Oqilova, Xiva shahrining 1990-yilning 12-dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (UNESCO) ning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritilganligini eslatib o’tdi.

Shahardagi “Ichan qal'a” ochiq havo muzeyining O’zbekistonning eng ko’hna muzeylaridan biri ekanligini ifoda etgan Oqilova,

Ichan qal'ada 54 ta tarixiy me’moriy bino,  360 xonadon borligini va unda 2600 kishi istiqomat qilishini shuningdek qal’ada Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini aks ettirgan 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanayotganligi haqida gapirdi.

 



Aloqador xabarlar