Xo‘jali qatliomi qurbonlaridan yana 7 kishi dafn qilindi

Ozarbayjonda Armaniston kuchlari tomonidan Birinchi Qorabog‘ urushida qatl qilingan ozarbayjonliklarning izlari birma - bir aniqlanmoqda.

2122683
Xo‘jali qatliomi qurbonlaridan yana 7 kishi dafn qilindi

Ozarbayjondagi Xo‘jali qatliomida halok bo‘lgan yana 7 kishi dafn qilindi.

Ozarbayjonda Armaniston kuchlari tomonidan Birinchi Qorabog‘ urushida qatl qilingan ozarbayjonliklarning izlari birma - bir aniqlanmoqda.

Xo‘jali shahri markazida restavratsiya va qurilish ishlari doirasida olib borilgan faoliyatlar paytida kamida 18 kishiga tegishli suyak bo‘lakchalari topildi va natijada ular o‘rnini tekshirish ishlari boshladi.

Oqibatida kim ekani aniqlangan kishilarning Naib Aliyev, Surayyo Aliyeva, Siyavush Salimov, Tamilla Salimova, Ali Javadov, Ismoyil Ismoyilov va Shiraslon Najafovlar ekani ma’lum qilindi.

Kim ekanliklari aniqlangan 7 kishining jasadlari, roppa – rosa 32 yil ortidan Xo‘jalidagi shahidlik mozorida uyushtirilgan janoza marosimi ortidan dafn etildi.

Eslatib o‘tamiz:

Arman kuchlari 1992 - yilning 26 - fevrali kuni Qorabogʻning Xoʻjali shahrida himoyasiz 613 kishini qatl qildi. Ulardan 106 nafari ayol kishi, 70 nafari keksa va 63 nafari bolalardan iborat edi. Xo‘jalida 1275 nafar Ozarbayjon fuqarosi arman qoʻshinlari tomonidan asirga olinar ekan, ulardan 150 nafari bedarak yoʻqolgan.

 



Aloqador xabarlar