Yevroosiyo kun tartibi 25 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Turk kengashining sog‘likni saqlash tarmog‘ida olib borgan faoliyatlari haqida so‘z qilamiz.

1439298
Yevroosiyo kun tartibi 25 - qism

Turk kengashi tarkibidagi davlatlarda umumiy Covid – 19 holati soni 200 ming nafardan oshdi va bu vaziyat kundan – kunga ortib bormoqda. Shu bois ham a’zo davlatlar sog‘likni saqlash tarmog‘idagi faoliyatlarini tig‘iz ravishda davom ettirish say harakati ichida.

Shu yilning 28 – apreli kuni Turk kengashi Sog‘likni Saqlash vazirlari video muloqat orqali yig‘ilish o‘tkazib, unda Turk kengashi Sog‘liqni saqlashni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 8 – iyun kuni Turk kengashi Sog‘liqni saqlashni muvofiqlashtirish qo‘mitasi video muloqat orqali birinchi yig‘ilishini o‘tkazildi. Unda Turk kengashiga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Sog‘likni Saqlash vazirlari o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda tomonlar Covid – 19 ga qarshi chora va tadbir ko‘rish, uning tashhisi va davolash masalalarida fikr almashdi, hamkorlik imkonlari qo‘lga olindi. Tomonlar shuningdek, yuqori darajali tibbiy mutaxassislar ishtirokida online ta’lim, salohiyatni oshirish dasturlari, xalqaro ilmiy – amaliy video muloqatlar uyushtirish masalasida kelishib oldilar. Turk dunyosi tibbiy xodimlari eng qisqa vaqtda Izmirdagi karantin orolida mushtarak dasturlar zanjirining birinchisini amalga oshiradilar. Covid – 19 ga qarshi kurashda mushtarak ma’lumotlar bazasi va epidemiyologik kuzatuv tizimi tashkil etish borasida ham kelishib olindi. Shuningdek, “Ta’minot zanjiri guruhi”, har o‘lkadan 10 nafar olim ishtirok etadigan, “Sog‘likni saqlash bo‘yicha ilmiy guruh”ning tashkil etilishi ham qabul qilindi. Kelajakda Turk kengashi tarkibida Sog‘liqni saqlash bo‘yicha biznes forumi uyushtirilmoqchi.

Kengash tarkibidagi davlatlar o‘rtasida Covid – 19 ga qarshi birgalikda vaktsina o‘ylab topish faoliyatida Turkiyaning yetakchilik qilishi to‘g‘ri qarorlardan biri desak mubolag’a bo‘lmaydi. Pandemiya jarayonini muvaffaqiyatli ravishda yuritgan Turkiya, Covid – 19 vaktsinasi masalasida ham o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqda.  

Turkiyaning Bishkekda qurgan va to‘lik jihozlangan kasalxonasi, pandemiyaga qarshi kurash asosida bemorlarni qabul qila boshladi. Turkiyaning boshqa Turk Respublikalariga tibbiy ashyo yetkazib berish asosidagi yordami ham davom etmoqda.

Pandemiya davridagi birinchi navbatdan tashqari sammitiga Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti Bosh kotibini taklif qilgan Turk kengashi, Turk dunyosining bu tarmoqda tashlanishi kerak bo‘lgan qadamlarga yetakchilik qilishni davom ettiradi. Holat sonidagi ortish, pandemiyaning ikkinchi, uchinchi bosh ko‘tarishi ehtimoli muhokama qilinmoqda va vaktsina hali hanuz topilmagan bir davrda Turk dunyosining asosiy tashkilotlaridan biri bo‘lgan Turk kengashining sog‘likni saqlash tarmog‘idagi yo‘l ochuvchi faoliyatlari, pandemiya jarayonining yana da yaxshiroq boshqarilishiga katta hissa qo‘shadi. Tashkilot tarkibida tashkil etilgan Sog‘likni Saqlash bo‘yicha ilmiy kengash va mushtarak Covid – 19 kuzatuv tizimi pandemiyaga qarshi kurashda muhim rol ovynaydi.  

Covid – 19 muammosining qisqa vaqt ichida hal qilinmasligi o‘rtada. Shunday ekan sog‘likni saqlash tarmog‘idagi turizm sohasi bosh bo‘lish bilan birga barcha tarmoq o‘z faoliyatlarini davom ettirishi kerak. Bu vaziyatda, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlantirilishi, insonlarning hayot sharoitining qulaylashtirilishi, yordam berishlikning oldingi o‘ringa qo‘yilishi qarodshlik qoidasi hisoblanadi.   

Pandemiya bilan birga G‘arbdagi ba’zi davlatlarning sog‘likni saqlash tizimlarining cho‘kishi, sog‘likni saqlash tizimining davlatning kuzatuvi va himoyasi ostida bo‘lishi kerakligini yaqqol ko‘rsatdi. Turk respublikalari bundan saboq olib, Turkiyaning yetakchiligida mustahkam va umumiy sog‘liqni saqlash tarmog‘i tashkil etishi mumkin. Sog‘likni saqlash tarmog‘idagi bu mushtarak faoliyatlar “Turk kelajagi – 2040” rejasining Sog‘likni saqlash tarmog‘ida mustahkam zamin tashkil etadi.

 



Aloqador xabarlar