Yevroosiyo kun tartibi 26 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiyaning nomzodi Volkan Bozkirning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi prezidenti etib saylanishi haqida so‘z qilamiz.

1443260
Yevroosiyo kun tartibi 26 - qism

2020 – yilning 17 – iyuni kuni o‘tgan 2019 – yili Turkiya tomonidan nomzod etib  ko‘rsatilgan Volkan Bozkir, 192 davlatdan 178 ining qo‘llab – quvvatlashi bilan BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidentligiga saylandi. Turk millatiga mansub diplomatning bu nusufli maqomga saylanishi sharaf baxsh etdi.

Volkan Bozkir ta’kidlab o‘tganidek, saylov jarayoni oson kechmadi. Uning nomzodligi G‘arbiy Yevropa va boshqa guruh tomonidan eng avvalo tasdiqlanishiga qaramay Yunoniston, Janubiy Kipr va Armanistonning keyinchalik dushmandek munosabatda bo‘lishi natijasida, avvallari Bosh assambleyada qarsaklar orqali saylangan Majlis raisi, bu yil ovoz berish yo‘li orqali saylandi. Bo‘lib o‘tgan saylov natijalari, Turkiyaga qarshi dushmandek munosabatda bo‘lgan mamlakatlarning umidi puchga chiqqanligini yaqqol o‘rtaga qo‘ydi.   

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Tashqi Ishlar komissiyasi raisi vazifasini olib borgan Volkan Bozkir, 1972 – yildan beri turli diplomatik tarmoqlarda xizmat qildi. Bozkir, ko‘proq G‘arb davlatlarida xizmat qilishiga qaramay vazifasiga muvofiq Yevroosiyo davlatlari bilan ham faoliyatlar olib bordi. Shu doirada, “Turk – rus ijtimoiy forum”i hamraisligi vazifasini zimmasiga oldi.

TBMM Tashqi komissiyasi rahbari sifatida Yevroosiyo davlatlari bilan o‘zaro va uch tomonlama yig‘ilishlarning o‘tkazilishini ta’minladi. Yevroosiyo mamlakatlarining Anqaradagi elchilari bilan yaqin faoliyatlar olib bordi va mintaqa mamlakatlariga tashriflar uyushtirdi. Yevroosiyo davlatlari parlament vakillari bilan o‘zaro munosabatlarni yangi saviyaga olib chiqadigan uchrashuvlar amalga oshirdi. Turkiya – Ozarbayjon – Gruziya; Turkiya – Rossiya – Eron majlislari tashqi komissiyalari uch tomonli yig‘ilishlarini yuritdi.

Volkan Bozkirning BMT Bosh assableyasiga prezident etib saylanishi Armanistondan boshqa butun Yevroosiyo davlatlarida ijobiy qarshi olinib, bu haqida axborotlar tarqatildi.

Kasbdoshlari va mintaqadagi xalqaro tashiklotlar tabrikladi. Shu jumladan Turk kengashi, TurkPA, TURKSOY, Tur akademiyasi, Turk Madaniyati va merosi fondi kabi Turk dunyosining mushtarak xalqaro tashkilotlari Volkan Bozkirni tabrikladilar. Shu yilning 18 – iyuni kuni Turk kengashi Bosh kotibi Baghdad Amrayev Volkan Bozkirni tabriklab, BMT tarixida birinchi marotaba Turk dunyosidan birining BMT Bosh assableyasiga yetakchilik qilishini, “tarixiy voqea” deb baholadi. Bundan buyon Turk dunyosining xalqaro tashkilotlarining BMT bilan bo‘lgan munosabatlari yana – da mustahkam tus oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Bungacha Turk respublikalaridan Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev 2011 – 2013 yillari BMT Bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini o‘tadi. Volkan Bozkirning BMT Bosh assambleyasi prezidenti sifatida ish olib borishi, butun Turk dunyosining xalqaro diplomatiyasidagi muvaffaqiyati olaroq qabul qilinishi kerak. Volkan Bozkir Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinshi, uyg‘ur muammosi, ShKTRning tan olinishi kabi Turk dunyosining BMT yetakchiligida qo‘lga olinadigan muammolarning hal qilinishiga ijobiy hissa qo‘shadi. Pandemiya jarayoni davom etgan va kutilmagan bir davrda xizmat qiladigan Volkan Bozkirni BMTda global iqtisodiy inqiroz, muhojirlar muammosi kabi buyuk muammolar kutmoqda. Qariyb 50 yillik chuqur diplomatik tajribasi bilan Bozkirning BMTni yana – da faol ish olib borishiga hissa qo‘shishiga ishonchimiz komil.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turk dunyosi , #Volkan Bozkir , #BMT

Aloqador xabarlar