Yevroosiyo kun tartibi 38 - qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya – Ozarbayjon munosabatlaridagi oxirgi vaziyat haqida so‘z qilamiz.

1492289
Yevroosiyo kun tartibi 38 - qism

Sentabr oyining boshlarida Turkiya – Ozarbayjon munosabatlarini qiziqtirgan muhim voqealar ketma - ket yuz berdi. Avvalom bor navbat bilan ana shularga to‘xtalaylik. 2020 – yilning 2 – sentabri kuni Prezident Ilhom Aliyev, Gretsiyaning yangi Boku elchisi Nikolas Piperigosni qabulida, Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi kashfiyot doxil har qanday masalada Turkiyani qo‘llab – quvvatlaganliklarini belgilab o‘tgan holda, “Armanistan, Gretsiya va Kiprning grek qismi o‘rtasidagi harbiy hamkorlikdan bezovtamiz.” dedi.

7 – sentabr kuni Ozarbayjon vitse – prezidenti va Prezidentlik apparatining Tasqi siyosat bo‘limi raisi Hikmat Hajiyev yetakchiligidagi Ozarbayjon hay’ati Turkiyaga tashrif qildi. Ozarbayjon hay’ati Turkiyaning prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun yetakchiligidagi Turkiya hay’ati bilan uchrashdi. Unda ommaviy axborot vositasi sohasidagi hamkorlik qo‘lga olindi. Natijada mushtarak Turkiya – Ozarbayjon media platformasini tashkil etish masalasida kelishib olindi. Hajiyev yetakchiligidagi hay’at tashrif doirasida Turkiyaning ommaviy axborot vositasi sohasida faoliyat olib borgan tashkilotlari bilan bir necha uchrashuvlar amalga oshirdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi rahbari o‘rinbosari Adil Aliyev, 9 - sentabr kuni Turkiyaning O‘rta Yer dengizidagi faoliyatlarini qo‘llab - quvvatlab, Turkiyaning do‘stlarini do‘st, dushmanlarini dushman deb qabul qilganliklarini qayd etdi. Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi o‘rinbosari “Prezidentimiz Ilhom Aliyevning Gretsiyaning yangi tayin qilingan elchisiga bizning bu munosabatimizni yetkazishi va Turkiyaning yonida ekanligimizni bayon etishi nafaqat grek tomoniga balki butun dunyoga ochiq – oydin aytilgan fikrimizdir. Dunyoning turkning kuchini, qudratini takror ko‘rish vaqti keldi.” dedi.

2020 - yil 11 - 12 sentabr kunlari Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sahibe Gafarova chet elga bo‘lgan birinchi tashrifini Turkiyaga uyushtirdi. Gafarova boshchiligidagi Ozarbayjon hay’ati unda avvalom bor Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilindi. 12 - sentabr kuni Sahibe Gafarova, Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi. Gafarova yetakchiligidagi hay’at Turkiya Savdo vaziri Ruhsar Pekcan bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning borishi bilan birga tomonlar o‘rtasida muzokara olib borilayotgan Erkin savdo shartnomasining tafsilotlari ham qo‘lga olindi.

Oxirgi voqealardan ham ma’lum bo‘lganidek Turkiya – Ozarbayjon munosabatlari “Ikki davlat, bir millat” degan shior asosida davom etmoqda. Turkiya bilan Ozarbayjonning avgust oyidagi qo‘shma harbiy mashqlari mintaqadagi ba’zi mamlakatlarni bezovta qildi. Ularning Turkiyaga qarshi yana – da hujumkor tusda siyosat olib bora boshlashiga yo‘l ochdi. Shunday ekan Prezident Ilhom Aliyevning Gretsiya elchisini qabulidagi Turkiyani qo‘llab – quvvatlagan bayonotlari o‘rinli edi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Oliy darajali yetakchilarning chet elga bo‘lgan birinchi tashriflarini bir – birlariga uyushtirish an’analari, Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi deb saylangan Sahibe Gafarova tomonidan ham davom ettirilishi, olqishga sazovor harakat edi.  

Turkiya va Ozarbayjonning ommaviy axborot vositasida mushtarak platforma tashkil etish tashabbuslari ham o‘rinlidir. Mintaqa judayam nozik bir davrdan o‘tar ekan bunday hamkorlik ikkala tomon uchun ham foydali. Bu urinishlarning Turk kengashiga a’zo davlatlar tomonidan ham qo‘llab – quvvatlanishi, butun Turk dunyosi uchun katta yutuq hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar