Barham Solih:"Iroqda tashqi kuchlarning doimiy qolishi tarafdori emasman"

Iroq prezidenti Barham Solih mamlakatda tashqi kuchlar qo’shinlarining doimiy qolishi tarafdori emasligini, biroq DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashni davom ettirish zarurligini ma’lum qildi.

1590392
Barham Solih:"Iroqda tashqi kuchlarning doimiy qolishi tarafdori emasman"

 

Iroq prezidenti Barham Solih mamlakatda tashqi kuchlar qo’shinlarining doimiy qolishi tarafdori emasligini, biroq DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashni davom ettirish zarurligini ma’lum qildi.

Barham Solih AQShning Brookings instituti tomonidan videokonferensiya shaklida o’tkazilgan “Yaqin sharq va AQShning yangi boshqaruvi” nomli anjumanda so’zlagan nutqida bu haqda ma’lum qildi.

Prezident terror tashkiloti DEAShga qarshi kurash hamon o’z natijasiga erisha olmaganligini, Suriyada haligacha terror hujralari mavjudligini, shu sababli terrorizmga qarshi kurash davom etishi kerakligini ta’kidladi.

“Iroq va AQSh hukumatlari mamlakatda tashqi kuchlarning doimiy qolishini xohlamaydi”,-deb aytgan Iroq prezidenti.

Eron bilan munosabatlarni yaxshilash nafaqat Iroq, balki qo’shni davlatlar barqarorligiga zamin yaratishidan umidvorligini tilga olgan Barham Solih, ayni vaqtda Iroq hukmronlik talashlariga guvoh bo’layotganligini ta’kidladi.

U Iroqning Ko’rfaz hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga harakat qilganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Iroq bu jihatdan mintaqada muhim ro’l o’ynashi mumkinligini tilga oldi.

Hozirda Iroqda, AQSh yetakchiligida terror tashkiloti DEAShga qarshi kurash maqsadida tashkil etilgan koalitsiya tarkibida 3000 harbiy xizmat o’tamoqda. Ulardan 2500 nafari Amerika harbiylari hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Barhom Solih , #AQSh , #Iroq

Aloqador xabarlar