Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2.5 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 508 ming 940 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 113 mln 101 mingga yetdi,  88 mln 723 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

1590465
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2.5 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 508 ming 940 nafardan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 113 mln 101 mingga yetdi,  88 mln 723 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 518 ming 363 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 974 ming 620 nafarni tashkil qilmoqda.

AQShning Kaliforniya shtatida koronavirusning o’ta xavfli va yuqumli yangi turi aniqlandi. AQShda COVID-19ga qarshi ishlab chiqarilgan vaksina 66 foiz saradorligini ko’rsatganligi qayd etildi. AQShning Moderna, Pfizer va Johnson and Johnson kompaniyalari mart oyi oxirigacha 240 mln doza vaksina ta’minlashga va’da berdi. AQSh hukumati shu kungacha 5 nafar dori firmasi bilan taxminan 600 mln kishiga yetadigan miqdorda 1 mlrddan ko’proq doza vaksina olish bo’yicha shartnoma imzolagandi.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 442 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlar soni 121 ming 747 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4 mln 144 ming 577 nafarni tashkil qilmoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda karantin cheklovlari 8 martdan bekor qilinishini e'lon qildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 318 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 96 ming 666 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 16 ming 424 kishiga oshib, 2 mln 848 ming 564 nafarni tashkil qilmoqda. Italiyada Afrikadan qaytgan bir kishida koronavirusning shu kungacha hech uchramagan yangi turi aniqlandi.

Fransiyada so’nggi bir kunda 277 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 85 ming 321 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 31 ming 519ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 661 ming 410 nafarni tashkil qilmoqda. Fransiyada pandemiyaning ikkinchi to’lqini davom etar ekan, virusga chalingan lekin COVID-19 alomati kuzatilmagan salomatlik xodimlari tibbiyot xodimlarining yetishmovchiligi sababli ishlashda davom etayotganligi iddao qilindi.

Ispaniyada so’nggi bir kunda 389 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 68 ming 468 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 9 ming 212 kishiga oshib, 3 mln 170 ming 644 nafarni tashkil qilmoqda.
Portugaliyada so’nggi bir kunda 50 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 16 ming 136 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar soni 1480 kishiga oshib, 800 ming 586 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu kungacha koronavirus qurbonlarining umumiy soni Braziliyada 249 ming 957 nafar, Meksikada 182 ming 815 nafar, Argentinada 51 ming 650 nafar, Kolumbiyada 59 ming 260 nafar, Chilida 20 ming 173 nafar, Boliviyada 11 ming 547 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar