Jo Bayden va rafiqasi Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashdi

Bu Bayden prezident lavozimiga kirishgandan keyin uning qirolicha Yelizaveta II bilan ilk uchrashuvi bo‘ldi. Bayden Qrolicha tomonidan kutib olingan 13-AQSh prezidenti bo’ldi.

1657539
Jo Bayden va rafiqasi Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashdi

 

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Britaniyada o‘tayotgan “Katta yettilik” sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan AQSh prezidenti Jo Bayden va turmush o’rtog’i Jill Bayden bilan uchrashdi.

Prezident Bayden va uning rafiqasi Vindsor qasrining hovlisidagi maydonda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tomonidan kutib olindi.

Qrolicha bilan qal’ada choy ichishdan avval Bayden va uning rafiqasi qirolichaning yordamchisi Dann Annabel Whitehead bilan tanishtirildi.

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bundan avval Vindsor qasrida AQShning 4 ta prezidentini qabul qilgan.

Ta'kidlash joizki, bu Bayden prezident lavozimiga kirishgandan keyin uning qirolicha Yelizaveta II bilan ilk uchrashuvi bo‘ldi. Bayden Qrolicha tomonidan kutib olingan 13-AQSh prezidenti bo’ldi.

Eslatma: Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2019 yilda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan Buckingham saroyida uchrashgandi.



Aloqador xabarlar