Yevropa Ittifoqi Serbiyaga 2.5 mln evro mablag’ ajratdi

Serbiya poytaxti Belgradga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevrokomissiyaning ichki ishlardan mas’ul vakili Ylva Yohansson Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

1660333
Yevropa Ittifoqi Serbiyaga 2.5 mln evro mablag’ ajratdi

 

Yevropa Ittifoqi migratsiyaga qarshi kurash bo’yicha ishonchli hamkor deb baholagan Serbiyaga 2.5 mln evro mablag’ ajratdi.

Serbiya poytaxti Belgradga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevrokomissiyaning ichki ishlardan mas’ul vakili Ylva Yohansson Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan qabul qilindi.

Yevropa Ittifoqi shu kungacha Serbiyaga migratsiya inqirozi tufayli 11 mln evro mablag’ ajratganligini tilga olgan Vuchich: “Serbiya joriy yilda 38 ming 226 nafar muhojirning noqonuniy yo’llar bilan o’tishini oldini oldi. Ayniqsa, Bolgariya va Shimoliy Makedoniyadan kelganlar soni juda ko’p”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, hozirda Serbiyadagi migratsiya markazlariga 3977 nafar muhojir joylashtirilgan. Serbiya muhojirlarga doimo mehmondo’st sifatida munosabatda bo’lmoqda.

Yevrokomissiyaning ichki ishlardan mas’ul vakili Ylva Yohansson migrantlarga yordam ko’rsatish maqsadida Serbiya bilan 2.5 mln evro mablag’ ajratish bo’yicha shartnoma imzolanganligini ma’lum qildi.

“Serbiya migratsiya inqirozi bo’yicha eng ishonchli hamkor ekanligini isbotladi. Migratsiya hech bir mamlakatning yakka o’zi ko’tara oladigan masala emas”,-dedi Yohansson.



Aloqador xabarlar