Turkiya Kobul aeroportida xavfsizlikni ta'minlaydi

Turkiya AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan keyin Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma'lum qildi.

1660577
Turkiya Kobul aeroportida xavfsizlikni ta'minlaydi

 

Turkiya AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari Jo Bayden va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an o‘zaro uchrashuvda bu haqda gaplashishgan.

“Ular operatsiya yakunlanishi bilan aeroport muhofazasi bo‘yicha potensial missiya tafsilotlarini muhokama qilishdi. Turkiya prezidenti yordam kerakligiga sha’ma qildi, Jo Bayden esa ushbu ko‘mak albatta ko‘rsatilishini aytdi. Turkiya majburiyatni o‘z zimmasiga olmoqchi. Ishonamizki, ular Xamid Karzay nomidagi Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi”, -deya ta'kidlagan Sallivan.

Shuningdek, Turkiya o‘z rejalarini amalga oshira olmagan taqdirda, AQSh boshqa muqobil rejalarni ham tuzib qo‘ygan.

Bundan tashqari, “Tolibon” harakati Turkiyadan NATOning boshqa a'zolari kabi Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilayotgani ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #aeroport , #Kobul , #Turkiya

Aloqador xabarlar