Mozori Sharifning Balh tumani toliblar tomonidan egallab olindi

Oxirgi bir necha oy ichida Afg‘onistonda ko‘plab tumanlar Tolibon qo‘liga o‘tgan. So‘nggi bir necha kun ichida hukumat qo‘shinlari 15ta tumanni tark etgan.

1662340
Mozori Sharifning Balh tumani toliblar tomonidan egallab olindi

 

Afg‘oniston shimolidagi eng yirik viloyatlardan biri Mozori Sharifning Balh tumani toliblar tomonidan egallab olindi. Bu haqda Balh tumani sho’ro rahbari Muhammad Afzal Hadid ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, toliblar hujumi natijasida tuman markazi ularning qo’liga o’tgan. Jangarilar viloyat darvozasigacha yaqinlashib kelgan. Ayni vaqtda to’qnashuvlar davom etmoqda.

Tolibon esa, Balh tumanini butunlay egallab olganligini va Mozori Sharifga tomon yurishlar boshlanganligini iddao qildi.

Tolibon jangarilari kecha tongda Balh viloyatining Davlat Obod, Sho’lgere va Kishindeh tumanlarini egallab olgandi.

Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Imom Sohib tumani toliblar tomonidan egallab olindi.

Mazkur tuman Tojikistonning Xatlon viloyatidagi Panj tumani bilan chegaradosh hisoblanadi.

"Shahar darvozasi toliblar qo‘lida, shaharning o‘zi qurshab olingan. Shahardagi vaziyat keskinlashmoqda", - deyiladi xabarda.

Oxirgi bir necha oy ichida Afg‘onistonda ko‘plab tumanlar Tolibon qo‘liga o‘tgan. So‘nggi bir necha kun ichida hukumat qo‘shinlari 15ta tumanni tark etgan.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Mozori Sharif , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar