AQSh Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

AQSh Belarusga qarshi sanksiyalarni yanada kengaytirdi, 16 nafar jismoniy shaxs, 5 ta idora va tashkilotga nisbatan cheklovlar joriy qilindi.

1662827
AQSh Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

 

AQSh Belarusga qarshi sanksiyalarni yanada kengaytirdi, 16 nafar jismoniy shaxs, 5 ta idora va tashkilotga nisbatan cheklovlar joriy qilindi.

AQSh sanksiya ro‘yxatiga Belarus MXQ, mamlakat Ichki ishlar vazirligining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bosh boshqarmasi, IIV ichki qo‘shinlari, Brestijroqo‘mning harbiy ishlar boshqarmasi, Minskdagi huquqbuzarlar izolyatsiyasi Okrestin markazi kabi idora hamda tashkilotlar kiritilgan.

Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont, Belarus parlamenti yuqori palatasining spikeri Natalya Kochanova, Belarus DXQ “Alfa” maxsus bo‘linmasi rahbari Sergey Zubkov, Minsk militsiyasi boshlig‘i Mixail Grib va adliya vaziri o‘rinbosari Sergey Kalinovskiyga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilingan.

Belarusning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlari 2020-yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin yomonlashgan.

Yevroittifoq saylovlarning ochiq va demokratik yo‘l bilan o‘tkazilganini, Aleksandr Lukashenkoning esa prezidentlikka saylanganini tan olmadi.

YeI, Buyuk Britaniya, AQSh hamda Kanada belaruslik bir nechta rasmiy shaxslarga, shu bilan birga respublikadagi hukumat tarafdori bo‘lgan korxonalarga nisbatan siyosiy va iqtisodiy cheklovlar joriy etdi, keyinchalik mazkur sanksiyalar ro‘yxati yana kengaydi.

Minsk sanksiyalarga javob qaytarilishini, xususan, TIV mazkur harakatlarga qarshi siyosiy reaksiyalar bildirilishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 23-aprelda Belarus hukumatining matbuot xizmati G‘arbga nisbatan javob sanksiyalari ro‘yxati tuzilgani, jumladan, Škoda Auto, Liqui Moly va Beiersdorf kabi nemis va chex kompaniyalarining mahsulotlari taqiqqa uchraganini bildirdi. Taqiqlangan tovarlar ro‘yxati olti oy davomida o‘z kuchida turadi.

Avval AQSh prezidenti Jo Bayden Belarusga qarshi 2006-yilda kiritilgan sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirgandi.   Shuningdek, Chexiya parlamenti Senati Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayani mamlakat prezidenti deb tan olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Belorus , #AQSh

Aloqador xabarlar