Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 13 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 567 900 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 12 mln 856 mingni tashkil qilmoqda. 7 mln 488 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1453534
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 13 mlnga yaqinlashdi
süper covid19.jpg
KORONA SÜPER
SÜPER FOTO ispanya koronavirüs.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 567 900 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 12 mln 856 mingni tashkil qilmoqda. 7 mln 488 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni137 403 nafarni tashkil qilmoqda. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa,3 mln 355 646 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 1 mln 834 mingga yaqinlashdi. Vafot etganlar soni 71 469 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 71ta yangi holat qayd etildi.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 539 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 34 730 nafarga yetdi. Ayni vaqtda bir sutkada koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 6094 ta yangi holat qayd etildi. Shu bilan mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 295 268 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 148 bemor virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 44 798 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 820ta yangi holat qayd etilgan bo’lib, ularning umumiy soni 288 ming 953 nafarga yetdi.

Italiya virusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni so’nggi bir sutkada 7 nafarga oshib, ularning umumiy soni 34 945 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 188ta yangi holat qayd etildi.

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte yanvar oyida mamlakat bo’ylab joriy etilgan 6 oylik favqulodda holat rejimi yil oxirigacha uzaytirilishi mumkinligini aytdi. Senat raisining ta’kidlashicha, favqulodda holat rejimini yana 6 oy muddatga uzaytirish masalasi seshanba kuni muhokama qilinadi.

Fransiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli so’nggi bir kunda 25 bemor vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 30 000dan oshdi. So’nggi bir kunda koronavirusdan kasallanish bilan bog’liq 658ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 205 904 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar