Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlari yetkazish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi

Mazkur qarorga binoan, Turkiya bilan chegaradosh “Bob-al-Havo” punkti orqali Suriyaga yana bir yil davomida insonparvarlik yordamlari olib o’tiladi.

1453572
Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlari yetkazish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi

 

BMT Xavfsizlik kengashi 11 iyul kuni Suriyaga transchegaraviy insonparvarlik yordamlari yetkazish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi.

Mazkur hujjat 13 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Rossiya, Xitoy va Dominikan Respublikasi betaraflik bildirdi.

Eslatish joizki, Rossiya Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordam yetkazish to’g’risidagi rezolyutsiyani veto qilgandi. BMT Xavfsizlik kengashi beshinchi urinishda Turkiya orqali Suriyaga insonparvarlik yordamlarining transchegaraviy mexanizmi bo’yicha rezolyutsiyani yana bir yilga uzaytirishga kelishib oldi.

Biroq, ushbu mexanizmdan Suriya va Turkiya chegarasidagi “Bob-as-Salom”, Iroq va Suriya chegarasidagi “Al-Yorubiya” va Iordaniya va Suriya chegarasidagi “Al-Ramta” punktlari bundan istisno qilingan.

Endilikda yangi qarorga ko‘ra, Suriyaga insonparvarlik yordamlari faqatgina bitta punktdan ya’ni, Turkiya bilan chegaradosh “Bob-al-Havo” orqali yetkaziladi. 

Eslatish joizki, ushbu hujjat Belgiya va Germaniya tomonidan taklif qilingandi. Dastlab, ushbu davlatlar yordam yetkazish uchun ikkita o‘tkazish punkti qoldirilishini talab qilishgan, biroq, natijada bitta punktdan Suriyaga yordamlar yetkazilishiga rozi bo‘lingan. 

Qarorga ko’ra, Turkiya-Suriya chegarasidagi “O’njupinar” chegara punkti orqali Suriyaning “Bob-as-Salom” punktiga insonparvarlik yordamlarini olib kirish to’xtatildi.

Endilikda, Turkiya bilan chegaradosh “Bob-al-Havo” punkti orqali Suriyaga bir yil davomida insonparvarlik yordamlari olib o’tiladi.

BMT shu kungacha “Bob-as-Salom” punkti orqali Halab shimolida yordamga muhtoj 300 ming aholini, Turkiya bilan chegaradosh “Bob-al-Havo” punkti orqali esa, 2 mln 800 ming aholini insonparvarlik yordami bilan ta’minlab kelayotgandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, hozirda Suriya shimoli-g’arbida joylashgan Idlib viloyatidagi 3 mln aholining 70 foizi shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj vaziyatda.



Aloqador xabarlar