Butun dunyo Livan hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

BMT Livan poytaxti Bayrutda 100 kishining hayotiga zomin bo’lgan portlashda halok bo’lganlarning oilalariga, Livan hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etdi.

1467422
Butun dunyo Livan hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi
beyrut lubnan.jpg
Beirut.jpg
beyrut.jpg

 

BMT Livan poytaxti Bayrutda 100 kishining hayotiga zomin bo’lgan portlashda halok bo’lganlarning oilalariga, Livan hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etdi.

“BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Bayrutdagi vayronkor portlashlarda halok bo’lganlarning oilalariga, Livan hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya izxor etadi”,-deyiladi bayonotda.

Guterres portlashda BMT missiyasi xodimlaridan bir nechasi jarohat olganligini bildirib, ularga shifo tilaklarini yetkazdi.

“BMT mana shunday qiyin kunida Livanni qo’llab-quvvatlaydi va bu voqeani tekshirish bo'yicha Livanga yordam beradi”,-dedi BMT bosh kotibligi xodimi Farxon Haq.

Yevrokengash rahbari Charles Mishel ham ijtimoiy media tarmoqlari orqali hodisaga munosabat bildirdi. U Livan xalqiga yordamga tayyor ekanligini bildirib, Livan xalqini bardam bo’lishga chaqirdi.

Yevrokomissiyaning xalq osoyishtaligini saqlash va gumanitar yordamlar bo’yicha mas’ul vakili Janez Lenarcic ham Bayrutdagi portlash qurbonlarining oilalariga hamdardlik bildirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda matbuotga bergan brifingni Livandagi portlash qurbonlarini yodga olish bilan boshladi.

“Biz yordamga tayyormiz. Bu dahshatli hujumga o’xshaydi. Chunki, generallarimiz bilan gaplashdim. Ular buning bir terrakt ekanligini taxmin qilishyabdi. Bu oddiy portlash emas”,-deb aytgan Donald Tramp.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Bayrutdagi portlash qurbonlarining oilalariga hamdardlik bildirib, AQSh Livan xalqiga yordamga tayyorligini ma’lum qildi. Mayk Pompeo twitterda shunday yozdi: "Biz voqealar rivojini kuzatib boramiz va Livan xalqiga bu qo‘rqinchli fojiani yengib o‘tishda yordam ko‘rsatishga tayyormiz.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ijtimoiy media tarmoqlari orqali Bayrutdagi hodisaga munosabat bildirdi.

“Bayrutda ko’plab insonlarning hayotiga zomin bo’lgan va shaharning vayron bo’lishiga olib kelgan dahshatli portlash ortidan Livan xalqiga qardoshlik tuyg’ularimni izxor etmoqchiman”,-dedi Fransiya prezidenti.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson twitter orqali shunday dedi: "Men bugun Bayrutdan kelgan suratlar va videolavhalardan shokka tushdim. Biz bu qo‘rqinchli hodisadan jabr ko‘rgan barcha odamlar uchun duodamiz".

Belgiya tashqi ishlar vaziri Filipp Goffin ham twitterda “Bayrutdagi portlash tufayli berilgan zarar juda katta. Elchixonamiz joylashgan bino ham zarar ko’rdi. Ikki xodimimiz va ularning oilasi yengil jarohatlandi. Shaharda yashovchi belgiyaliklarga yordamga tayyormiz”,-deb yozdi.

Avstriya prezidenti Alexander Van Der Bellen Livan xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi.

“Duolarim Livan xalqi, halok bo’lganlarning oilalari va jarohat olganlar bilan birga”,-deb yozdi Avstriya prezidenti.

Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Livan hukumati va xalqiga hamdardlik bildirib, Afina Livan uchun har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersin Tatar ham Livan xalqiga ta’ziya bildirdi.

“Livandagi Bayrut portida ro’y bergan vayronkor portlash oqibatida ko’plab insonning halok bo’lishi, minglab insonning jarohat olishi bizni chuqur larzaga soldi. Shaxsan o’zim nomimdan, qolaversa hukumatimiz nomidan Livan xalqiga chuqur hamdardlik izxor etaman. Qurbonlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yaradorlarga shifo tilaklarimni yetkazmoqchiman”,-dedi Ersin Tatar.

Liviya Davlat oliy kengashi rahbari Xolid al-Mushriy Bayrutdagi portlash qurbonlariga hamdardlik bildirdi.

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Bayrutni nishonga olgan qonli hujumni qoralab,  Iroq hukumati va xalqi Livan xalqiga madadkor ekanligini ma’lum qildi.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy ijtimoiy media tarmoqlari orqali portlash qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi va sabr tiladi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Livan poytaxti Bayrutda ro’y bergan kuchli portlash qurbonlarining oilalariga hamdardlik bildirdi.

Ruhoniy Livan prezidenti Mishel Avnga ta’ziya maktubi yo’llab, hodisa sabablarini zudlik bilan aniqlash va shaharda osoyishtalikni saqlashga tilakdosh ekanligini bildirdi. U Eron Livanga har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ham twitterda “Bayrutga chin yurakdan salom yo’llayman” deb yozdi va Eron Livanga yordamga tayyorligini bildirdi.

Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy ham Livanga ehtiyoji bo’lgan har qanday yordamni yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Isroil hukumati ham maxsus bayonot berib, xalqaro diplomatik kanallar orqali Livanga murojaat qilingani va ushbu mamlakatga tibbiy va insonparvarlik yordamlari taklif etilgani haqida xabar berdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Livan , #Bayrut

Aloqador xabarlar