Bayrutdagi portlashda qurbonlar soni 135 nafarga yetdi

“Bayrut portida ro’y bergan portlash oqibatida qurbonlar soni 135 nafarga yetdi. Ayni vaqtda yaradorlar soni taxminan 5 ming atrofida. Harobalar tagida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan”,-deb ma’lum qiladi Livan sog’liqni saqlash vaziri.

09 Eylül 2020 00:40

 

4 avgustda Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan kuchli portlashda qurbonlar soni 135 nafarga yetdi.

Bu haqda mamlakat sog’liqni saqlash vaziri Hamad Hasan ma’lum qildi.

“Bayrut portida ro’y bergan portlash oqibatida qurbonlar soni 135 nafarga yetdi. Ayni vaqtda yaradorlar soni taxminan 5 ming atrofida. Harobalar tagida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan”,-deb ma’lum qiladi Livan sog’liqni saqlash vaziri.

Ta’kidlanishicha, fojia qurbonlari orasida 10 nafar o‘t o‘chiruvchi ham bor. 300 mingga yaqin aholi boshpanasiz qolgan.

Livan hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, portlashga portdagi omborda saqlanayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. Ushbu modda mamlakat bojxonasi tomonidan rossiyaga oid kemadan musodara qilinib, 6 yil davomida omborda saqlanib kelingan. 

Shahar portlashdan keyin “falokat hududi” deb e'lon qilinib, ikki hafta muddatga favqulodda holat rejimi joriy etildi.