Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 19 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 718 000dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 19 mln 278 mingdan oshib ketdi. 12 mln 375 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1468593
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 19 mlndan oshdi
süper covid19.jpg
Süper Korona
KORONA SÜPER

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 718 000dan oshdi. Virus bilan kasallanganlar soni 19 mln 278 mingdan oshib ketdi. 12 mln 375 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 162 000dan oshdi.  Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 5 mlndan ko’proq.

AQSh davlat kotibligi “AQShning COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha markaziy shtabi bilan hamkorlikda 4-bosqich Global sayohat cheklovini bekor qilamiz”,-deb e’lon qildi. Biroq, AQSh fuqarolarining xorijga sayohat qilar ekan, o’ta ehtiyotkor bo’lishi eslatildi.

“Ba’zi davlatlarda pandemiya tarqalish darajasi va xavfsizlik sharoiti yaxshilanar ekan, ba’zilarida salbiy tus olishi bilan AQSh kotibligimiz faqat ma’lum bir davlatlarga 1dan 4 gacha sayohat cheklovi joriy etilgan eski tizimga qaytmoqda”,-deyiladi ma’lumotda.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 1237 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan ularning umumiy soni 98 ming 644 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 2 mln 917 mingni tashkil qilmoqda.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 819 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 50 517 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 462 690 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 46 413 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 308 ming 134 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab magazinlar, savdo markazlari, marketlar va ommaviy transport vositalarida niqob taqish majburiy bo’ldi. Bunga amal qilmaganlar 100 paunt jarima to’laydi.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi bir kunda 7 kishi vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 312 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni bir sutkada 1604 kishiga oshib, ularning umumiy soni 222 ming 350 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada koronavirus tarqalish darajasi takror avj oldi. Shifoxonalarning reanimatsiya bo’limida yotgan bemorlar soni keskin oshib ketdi. COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlar doirasida mart oyidan buyon yopiq bo’lgan universitetlar sentyabr oyida ochiladi. Universitetlarda niqob taqish qat’iyan talab qilinadi. Fransiyada niqob taqishdan bosh tortganlar 135 yevro jarima to’laydi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 35 187 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlarning umumiy soni 249 ming 204 nafarga yetdi.

Ispaniyada shu kungacha 28 ming 500 kishi virus qurboniga aylandi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlarning umumiy soni 354 530 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda aholi gavjum joylarda sog’ligi yomon bo’lganlar va 6 yoshdan kichiklardan tashqari barchaga niqob taqish majburiy. Bunga amal qilmaganlar 100 yevro jarima to’laydi.

Avstraliyaning qurbonlar soni ko’p bo’lgan shtati Viktoriyada yana 11 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 266 nafarga yetdi, kasallanganlar soni 20 720 nafarni tashkil qilmoqda.

Belgiyada yuqumli epidemiya tufayli 9861 kishi vafot etdi. Virusdan kasallanganlar soni 72 ming 16 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda xalqqa ochiq maskanlarda niqob taqish majburiy. Bunga amal qilmaganlar 250 yevro jarima to’laydi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar